Oila baxti
Bu dunyoda baxtiyor, ahil-inoq, tökis yaşaşni kim ham orzu qilmaydi, deysiz? Biroq bu haqda orzu qilişning özi yetarli bölmaydi. Har qanday baxt, yaxşi turmuşga kişi halol mehnatlari, orzu-intilişlari tufayli erişadi.
Özlarining fidoyi mehnatlari, yaxşi amallari bilan mahallamizda obrö-eʼtiborga, hurmatga ega Olimboy Ahmedovning xonadonini haqiqiy baxtiyor oilalardan biri desam, xato bölmas.
Ularning xonadoniga boş suqqan kişi ostonadayoq saranjom-sariştalik, ozodalikni körib bahri-dili oçiladi. Şunday yaşaşga ne yetsin, deya öylaydi.
Olimboy Ahmedov ayni kunda köp tarmoqli xususiy firma faoliyatiga rahbarlik qiladi. Turmuş örtoği Roziya Qut-limurodova esa uzoq yillar 31-sonli umumtaʼlim maktabiga rahbarlik qildi, öquvçilarga matematika fanidan saboq berdi.
Ayni kunda keksalik nafaqasida bölişiga qaramay, öz mahallasida köptarmoqli firmaga qaraşli oziq-ovqat dökoni qurib, elga xizmat qilayapti. Dökon peştaxtalaridagi sar-xil va sifatli oziq-ovqat mahsulotlari qöni-qöşni, mahalladoşlariga ham manzur bölayotgani tufayli opaning huzuridan odam arimaydi. Kimdir oilasining biron ehtiyoji uçun kirsa, kimdir oilasidagi biron muammosiga maslahat sörab kiradi, baʼzan şu atrofga yöli tuşgan şogirdlari opadan hol sörab ötadi.
Roziya opa uçun bularning bari – yaʼni birovlarga kerakligi, yöqlagani baxt. U har kuni mamlakatimiz poytaxti – Toşkentda yaşab, "Perfectum mobile” aloqa kompaniyasida direktor örinbosari bölib işlaydigan öğli Mansur, kelini Mahfuza, qizi - onkolog şifokor Maʼmura, tuman hokimligida mutaxassis bölib işlaydigan Timur, kelini Dinora, kenjatoy öğli - melioratsiya sohasi mutaxassisi Jasur bilan tez-tez hol-ahvol söraşib, yöl-yöriq berib, nevaralarining ahvolidan boxabar bölib turişga ham vaqt topadi.
Farzandlari kamolidan köngli töq Olimboy Ahmedov va Roziya Qutlimurodovalar böş vaqtlarini nevaralariga bağişlaşadi.
- Nevara farzanddan ham şirin böladi, deganlari rost ekan, - deydi kulib opa. Uning qalbida özbekona bağrikenglik, mehribonlik va hayotdan zavq olib yaşay oliş, borini el bilan baham körişdan quvoniş kabi bebaho fazilatlar mujassam ekanligini angladim.
Halol mehnatlari evaziga "Qoraqalpoğiston xalq taʼlimi aʼloçisi” unvonini olişga muyassar bölgan opa bilan xayrlaşar ekanman, oilangizdagi xotirjamlik, baxtiyorlik doim barqaror bölsin, deya tiladim.
Aziza MADRAHIMOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶