OʻQUVChILARIMIZ YaNGI OʻQUV YILINI ShINAM XONALARDA BOShLAYDI
Joriy yilda bizning 42-sonli maktabimizda Investitsiya dasturi asosida kapital taʼmirlash ishlari olib borildi. Tumanimizdagi “Jumurtau tex taʼmir” MChJ tomonidan 1 mlrd. 480 mln. 986 ming soʻm mablagʻ evaziga taʼmirlangan maktab binosi mutlaqo zamonaviy qiyofaga keltirildi.
1987-yilda qurilgan maktab binosi 500 nafardan ziyod oʻquvchiga moʻljallangan boʻlib, 2008-yilda joriy taʼmirdan chiqarilgan edi. Bu yilgi kapital taʼmirlashda bino tomi yangidan shifer qilindi. Deraza va eshiklar toʻliq almashtirildi. Elektr, isitish tizimlari yangilandi. Oʻquvchilar uchun sport zali, oshxona, yuvinish xonalari zamonaviy va qulay holatga keltirildi. Sinf xonalari jihozlanib, bannerlar bilan bezatildi.
Mazkur yildagi birinchi sinfga qabul qilingan 54 nafar oʻgʻil-qizlarga anʼanaviy Prezident sovgʻalari – yangi oʻquv qurollari, darsliklar va maktab sumkalari ham keltirildi.
Davlatimiz tomonidan oʻqituvchilarning mavqeini oshirish boʻyicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Oʻqituvchilarning ish haqlari oshirilib, ularga har tomonlama imtiyozlar yaratilmoqda. Bu esa biz oʻqituvchi-pedagoglarni nihoyatda ruhlantirdi va oʻz navbatida yosh avlodni komil insonlar qilib tarbiyalash borasida zimmamizdagi masʼuliyatni yanada oshirdi. Biz, albatta, bu vazifamizni sharaf bilan ado etamiz.
Qurolboy MAMUTOV, 42-sonli maktab direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶