Doʻrman ovulida Xalq kutubxonasi tashkil etildi (+foto, video)
Tumanimizning chekka qishloqlari aholisining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yanada yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning adabiyotga, maʼrifatga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida tuman hokimligining amaliy yordami bilan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida ovul va mahallalarda Xalq kutubxonalari tashkil etilmoqda.
Avvalroq bunday Xalq kutubxonasi Kuyuk koʻpir ovulida tashkil etilib, keng jamoatchilik eʼtiborini qozongan edi.
Mustaqillik bayrami arafasida Doʻrman ovulida ham tuman hokimligi va “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida yana bir Xalq kutubxonasi tashkil etilib, oʻz faoliyatini boshladi.

600 ga yaqin kitob jamgʻarmasiga ega boʻlgan Xalq kutubxonasi javonlaridan jahon va oʻzbek mumtoz adabiyoti hamda hozirgi zamon oʻzbek, jahon va qardosh xalqlar adabiyotlari namoyondalarining eng sara asarlari joy olgan.

Xalq kutubxonasining ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish borasida amalga oshirilayotgan izchil chora-tadbirlar bugun chekka qishloqlarda yashayotgan yoshlar hayotida ham oʻzining amaliy samarasini berayotganini taʼkidladilar.
Endilikda Doʻrman ovulining nafaqat yoshlari, balki aholining barcha qatlami vakillari OFY binosida tashkil qilingan Xalq kutubxonasi xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Kelgusida tumanning boshqa hududlarida ham mana shunday kutubxonalar tashkil qilish va kitob fondini muntazam ravishda boyitib borish koʻzda tutilgan.
P.Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶