“Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini binosida “Xalq kutubxonasi” ish boshladi (+video, foto)
Soʻz mulkining sultoni, ulugʻ mutafakkir bobomiz Alisher Navoiyning “Kitobdin yaxshi yor boʻlmas”, degan purmaʼno soʻzlari bugungi kunda ham oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. Darhaqiqat, kitoblar maʼnaviyatimizni yuksaltiruvchi shuurimizga tiniqlik baxsh etuvchi va hayotda baxtli-saodatli boʻlishimizga yoʻl koʻrsatuvchi mayoqdir.
Kitob mutolaasiga, mutolaa madaniyati yuksalishiga ulkan eʼtibor qaratayotganining boisi ham bugungidek shiddat bilan rivojlanayotgan davrda yoshlarning yuksak maʼnaviyatli boʻlishiga, zamonaviy ilm-fanni chuqur egallashiga erishishdek ezgu maqsadlar mujassam.
Tumanimiz aholisining maʼnaviy-maʼrifiy saviyasini yanada yuksaltirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodning adabiyotga, maʼrifatga boʻlgan qiziqishlarini ragʻbatlantirish maqsadida tuman hokimligining amaliy yordami bilan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyati hamkorligida ovul va mahallalarda Xalq kutubxonalari tashkil etilmoqda.
7-sentyabr kuni Mangʻit shahrining “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻini binosida ham “Xalq kutubxonasi” ish boshladi. Kutubxonaga 500 taga yaqin oʻzbek mumtoz va jahon xalqlari adiblarining sara asarlari keltirildi.

“Xalq kutubxonasi” ochilishiga bagʻishlangan tadbirni mahalla oqsoqoli Gulmirza Yermetov ochdi. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi bosh muharriri Gʻulomjon Yeshniyozov yigʻilganlarni mahallada “Xalq kutubxonasi” faoliyati boshlanishi bilan qutladi va bu saʼy-harakatlardan koʻzlanayotgan maqsad yoshlarning ilmli, maʼrifatli, maʼnaviyatli boʻlishiga hissa qoʻshish ekanligini taʼkidladi.
Tadbirda soʻzga chiqqan “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi maxsus muxbiri Oygul Pajabova, “Olmazor” mahalla fuqarolar yigʻini raisi Pustam Nurimbetov, “Gulzor” mahallasi faoli Qurbongul Matqurbonova, “Gulzor” mahalla fuqarolar yigʻinining xotin-qizlar bilan ishlashish masalalari boʻyicha mutaxassisi Dildora Mirzaalimovalar kutubxona tashkilotchilariga chuqur minnatdorchilik bildirdilar.
“Xalq kutubxonasi”. Eshigiga ana shunday moʻʼtabar soʻz bitilgan bu qutlugʻ maskan xalqimiz hayotiga oʻziga xos ezguliklar, qutlugʻ niyatlar olib kirishi shubhasiz.
Tashkilotchilar kelgusida tumanning boshqa hududlarida ham mana shunday kutubxonalar tashkil qilish va kitob fondini muntazam ravishda boyitib borishni koʻzda tutishgan.







Oygul PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶