“Avtomobilsiz kun” aktsiyasida faol ishtirok eting!
Yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida shu yil 30-avgustda Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoʻl harakati xavfsizligi kunini oʻtkazish va yoʻl-transport hodisalari profilaktikasining samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, Ichki ishlar vazirligi tomonidan har oyning uchinchi juma kunida “Avtomobilsiz kun” aktsiyasi oʻtkaziladi. Keng jamoatchilik ishtirokida vakolatli organlar, muassasalar va tashkilotlar hamkorligida oʻtkaziladigan mazkur aktsiya doirasida ekologik holatni yaxshilashga, atmosfera havosini muhofaza qilishga chorlaydigan, shu jumladan, transport vositalarisiz harakatlanish mumkinligini va zarurligini namoyish qilishni oʻzida mujassam etgan, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tashkil qilinadi.
Fursatdan foydalanib, yurtdoshlarimizni shu yilning 15-sentyabr kuni ilk bora oʻtkaziladigan va keyinchalik har oyning uchinchi juma kuni oʻtkazib boriladigan “Avtomobilsiz kun” aktsiyasida faol ishtirok etishga chaqiramiz.
Mazkur aktsiyada ishtirok etib, Siz nafaqat sogʻlom turmush tarzi sari qadam qoʻygan, balki atrof-muhitni muhofaza qilishga ham oʻz hissangizni qoʻshgan boʻlasiz.
Dilshod Aminov,
IIB YHXB boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶