«Iftixor - Dent» xususiy klinikasi shifokorlari xazmatidan aholi mamnun
Mamlakatimizda tadbirkorlikka keng yoʻl ochilayotgani xususiy ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish korxonalari bilan bir qatorda tibbiy muassasalarning ham kun sayin koʻpayishiga zamin yaratmoqda.
Tumanimizda faoliyat boshlagan ilk xususiy tibbiy muassasalardan hisoblanmish “Iftixor Dent” klinikasi aholiga sifatli xizmat koʻrsatib kelayotgani bilan koʻpchilikning eʼtiborini qozondi desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Klinikadagi tartib-intizom, orastalik tashrif buyuruvchilarda ijobiy taassuroti uygʻotadi. Qolaversa, bosh shifokor Adilboy Qurbonboyev, shifokorlar Gavhar Xolimbetova, Rasul Oʻrozimbetov, Anvar Tojimurodovlar, shuningdek, hamshira qizlar Shahnoza Yusupova, Surayyo Safarboyevalarning shirin muomalasi, odobi ham tishi ogʻrib kelgan bemorlarning dardiga malham boʻladi.
Tibbiy muolajalar olib, darddan xolos boʻlib, ularga minnatdorchilik aytayotganlar koʻp.
Men ham klinika mehnat jamoasiga sogʻ boʻling, salomatlik posbonlari, deyman va kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyatlar tilayman.
Gulora DOʻSChONOVA, Bobur ovuli, pensioner.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶