Elektr taʼminoti korxonalaridagi eng yaxshi ustoz-shogirdlar aniqlandi (+video)
Ustoz va murabbiylar kuni arafasida bayram munosabati bilan “Qoraqalpoq hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aktsiyadorlik jamiyati tuman elektr taʼminoti korxonasida “Eng bilimdon ustoz-shogird” nominatsiyasi gʻolibligi uchun oʻrik-tanlov oʻtkazildi. Tanlovning tuman bosqichida gʻolib boʻlgan korxona ishchilaridan Bozorboy Pajabov va Bekzod Karimovlar Beruniy, Toʻrtkoʻl va Ellikqalʼa tumanlari elektr aʼminoti korxonalari ishchilari bilan tumanlararo bosqichda bellashdilar.
Koʻrik-tanlovda tegishli shartlar asosida bellashgan ishtirokchilardan tuman elektr tarmoqlari korxonasi ishchilari, ustoz-shogirdlar Bozorboy Pajabov va Bekzod Karimovlar “Eng bilimdon ustoz-shogird” nominatsiyasi gʻolibi deb topildi va koʻrik-tanlovning Nukus shahrida oʻtkaziladigan hududlararo yakuniy bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Kasb mahoratini mukammal oʻrgatgan ustoz Bozorboy Pajapov hamda ishni puxta oʻrgangan shogird Bekzod Karimovlarga velosiped va boshqa qimmatbaho sovgʻalar hamda diplom topshirildi.
Quvonarli tomoni, amudaryolik ustoz-shogird Bozorboy Pajabov va Bekzod Karimovlar tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichida ham gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Aytish kerakki, bu kabi tanlovlar yoshi katta ishchilar bilan mehnat faoliyatini yaqinda boshlayotgan xizmatchilar oʻrtasida oʻziga xos aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladi va xalqimizga xos ustoz-shogird anʼanalarining bardavom boʻlishini taʼminlaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶