Qahramon Quranboyev Amudaryoda kimlar bilan uchrashdi?
Saytimiz orqali avval xabar berib oʻtganimizdek, 1-6-oktyabr kunlari Qoraqalpogʻiston Pespublikasining barcha tuman va shaharlarida "Yoshlar sport haftaligi" boʻlib oʻtdi.
Haftalik doirasida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quranboyev Qoraqalpogʻiston Pespublikasining chekka hududlariga chiqib, yoshlar bilan uchrashdi.

4-oktyabr kuni Qahramon Quranboyev Amudaryo tumaniga bordi. U yerda "Fidoyi yoshlar otrayadi" va paxta dalasidagi terimchilar bilan uchrashdi.





Tashrif davomida Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisiga Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi kengashi raisi A.Daniyarov va Amudaryo tumani hokimi S.Yoʻldashev hamrohlik qilishdi.




Shundan keyin Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi xuzuridagi "Yoshlar kelajagimiz" jamgʻarmasi Amudaryo tuman filliali tomonidan Abduraximov Abbos Anvar oʻgʻliga 50 mln kredit ajratilib, Avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish shaxobchasini Qaxramon Quronboyev shaxsan oʻzi ochib berdi.


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Amudaryo tumanida qurilayotgan mexnat guzarining qurilish ishlari bilan tanishib, 21-oktyabr kuni ochilish marosimini oʻtkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.


Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi kengashi matbuot kotibi Shuhrat Saidahmadov.
Manba: kruz.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶