“SIZ OFTOBGA OʻXShAYSIZ...”
Mangʻit shahridagi 1-sonli maktab nafaqat tumanimiz, balki mamlakatimizda koʻplab taniqli olimlar, shoirlar va sanʼatkorlar ilk taʼlim-tarbiya olgan va mustaqil hayotga uchirma boʻlgan muassasadir.
Maktabda ayni kunda ham yoshlarga taʼlim-tarbiya berishda Gulnora Davlatyorova, Baxtiyor Shonazarov, Oʻrinboy Bobojonov, Aqljon Saidova, Inobat Tojiboyeva, Sharofat Abdalova, Gulchehra Qurbonboyeva, Dilorom Raimova, Gulnora Yusupova, Aptabida Abdumurodova, Tamara Jumanova, Gulnora Yoʻldosheva, Guliston Madrahimova kabi ulkan tajriba va mahoratga ega boʻlgan oʻqituvchilar yosh oʻqituvchilarga oʻrnak boʻlishmoqda va taʼlim sifati va samaradorligi oshishiga munosib hissa qoʻshishmoqda.
Yaqinda ushbu muassasada “Siz oftobga oʻxshaysiz, aziz muallim!” deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi. Maktabning barcha oʻqituvchi va oʻquvchilarini jamlagan adabiy tadbir maktabda uzoq yillar samarali mehnat qilgan Saida Polvonova, Gulxan Usenova, Toʻlgʻonoy Murodboyevalarni yoshga doir pensiyaga kuzatishga bagʻishlandi. Davra toʻridan oʻzlari umr boʻyi yosh avlod kamoloti yoʻlida mehnat qilgan maktabi bilan xayrlashayotgan faxriylar joy olishdi.
Koʻp yillik anʼanaga koʻra, maktab oʻqituvchilar jamoasi nafaqaga kuzatilayotgan ustozlarni ana shunday qutlugʻ kunga yetganliklari bilan tabriklab, keksalik gashtini surib, uzoq umr koʻrishlarini tiladilar.
– Sizlarning yosh oʻqituvchilarga oʻrgatgan tajriba, mahoratingiz hali bizga koʻp asqotadi, – dedi maktab direktori Inobat Nurimbetova.
Tabriklar tabriklarga ulandi, hamkasblar, shogirdlar koʻnglidagi samimiy tilaklar aytildi.
Muallimlarning oftobga qiyoslanishi bejiz emas. Zero, oftob olamni yoritganidek, yosh avlod qalbini ilm ziyosi ila yoritgan muallimlar har qancha eʼtirof va ehtiromlarga loyiqdir.
Sanobar MURODOVA,
shu maktab direktorining maʼnaviyat va maʼrifat
ishlari boʻyicha oʻrinbosari.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶