Tezkor davlat xizmatlari koʻrsatish yangi pogʻonaga koʻtarilmoqda
Aholining, tadbirkorlar va yuridik shaxslarning davlat xizmatlariga boʻlgan ehtiyojlarini qondirish maqsadida faoliyat koʻrsatayotgan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan 2018-yilning 9 oyi davomida bir qancha ishlar amalga oshirildi.
Shu davr mobaynida koʻrsatilgan davlat xizmatlari soni 12 ming 155 tani tashkil etdi. Shundan 933 tasini yuridik shaxslarga, 10 ming 516 tasini jismoniy shaxslarga koʻrsatilgan xizmatlardir.
Oʻtgan 9 oy davomida tuman Davlat xizmatlari markazi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻyicha 171 yuridik shaxsga va 390 nafar yakka tartibda faoliyat koʻrsatuvchi tadbirkorga davlat xizmati koʻrsatilgan. Shu davr mobaynida Davlat xizmatlari markazida qayta roʻyxatdan oʻtkazish boʻyicha 145 ta xizmat koʻrsatilgan boʻlib, ularning 37 tasi yuridik shaxslarga, 107 tasi yakka tartibdagi tadbirkorlarga, 1 tasi esa xorijiy korxonalarga tegishlidir.
Shuningdek, tuman Davlat xizmatlari koʻrsatish markazida sayyor tartibda ham davlat xizmatlari koʻrsatilishiga alohida eʼtibor berilayapti. Joriy yilning oʻtgan oylari davomida ushbu markaz tomonidan jami 945 ta sayyor davlat xizmati koʻrsatilgan boʻlib, uning 83 tasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish maqsadida tadbirkorlik subʼektlariga koʻrsatilgan xizmatlar tashkil etadi.
Ayni kunda tuman Davlat xizmatlari markazida aholiga, tadbirkorlar va jismoniy shaxslarga tezkor davlat xizmatlari koʻrsatishni yanada yangi pogʻonaga koʻtarish ilojlari koʻrilmoqda.
Mansur Sodiqov, tuman Davlat xizmatlari
markazi direktori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶