“Huquqiy bilimlar kuni” tadbiri aholiga bepul huquqiy maslahat olish imkonini berdi



Taraqqiyot sari dadil odimlayotgan yurtimizda avvalo inson huquqlarini himoya qilish va ragʻbatlantirish asosiy vazifa hisoblanadi. Shu qatorda fuqarolarga burch, vazifalarni anglatish, huquqiy ong va madaniyatni oshirib borish ham muhim oʻrin tutadi.
Fuqarolarning huquqiy madaniyatini yanada yuksaltirish maqsadida butun Oʻzbekiston boʻylab Adliya vazirligi tomonidan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi tashkillashtirildi. Fleshmob Qoraqalpogʻistonda Amudaryo tumanida oʻtkazilib, ikki kun davom etdi.
11-oktyabr kuni tumandagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyida boshlangan tadbirga oʻquv muassasalari oʻquvchi va oʻqituvchilari, yoshlar, tumandagi idora-tashkilotlar xodimlari hamda keng aholi jalb etildi. Qoraqalpogʻiston Adliya vazirligi va tuman Adliya boʻlimi tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbir uchun ajratilgan joy alohida bezatilib, stellajlarga adliya logotipi va sahifalari tushirilgan bannerlar, turli xil stend, bukletlar, flayerlar qoʻyildi.
Huquqni faol targʻib qilish shaklida oʻtkazilgan fleshmobda Qoraqalpogʻiston Pespublikasi Adliya vazirining birinchi oʻrinbosari A.Atajanov, Adliya vazirligi huquqiy targʻibot va maʼrifat boʻlimi boshligʻi A.Oteuliyev hamda tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyusupovlardan tashqari tuman notariuslari va kuchli advokatlar ham ishtirok etdilar.
Tadbir boshlanishida ishtirokchilar tanishtirildi va barchaga huquqiy xizmat taklif etildi. Notariuslar, advokatlar va davlat xizmat agentligi vakillari aholini qiziqtirgan savollarga javob berdilar. Shuningdek, hayotiy muhim masalalar boʻyicha qoʻllanmalar tarqatildi.
Fuqarolarni huquqiy bilimlarga qiziqtirish va savodxonligini oshirish uchun test sinovi ham tashkil etildi. Test sinovi natijalariga koʻra, gʻolib ishtirokchilar turli sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
12-oktyabr kuni 76-sonli umumtaʼlim maktabida davom ettirilgan “Huquqiy bilimlar kuni” fleshmobi tadbiriga ham keng doiradagi omma jalb etildi. Bepul huquqiy maslahat olish va savodxonligini, tushunchalarini oshirish imkoniga ega boʻlgan ushbu fleshmob ishtirokchilariga huquqiy targʻibot tadbirining sovgʻalari sifatida bloknot va ruchkalar ham tarqatildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶