KONSTANTIN MIXAYLOVIÇ OGAY – UNI HAMMA KOSTYa AKA, DEP EDI
1935-yilda Primore ölkasida yaşovçi oddiy xonadonlarning birida öğil farzand dunyoga keldi. Ota-onalari, albatta, farzandining yaxşi inson bölib yetişişini orzu qilib duo qilganligi aniq. Lekin öğlonning kelajakda olis Özbekiston diyoriga kelib öqib, ulğayib katta bir tumanga boş şifokor bölişi heç kimning yetti uxlab tuşiga ham kirgan emas. Ha, xuddi şunday böldi ham. Taqdiri azaldan inson qoçib qutula olmaydi deganlaridek, Konstantin Mixayloviç Ogayning ota-onalari tarixiy sabablar va şart-şaroitlar bilan Primore ölkasidan Özbekistonning Xorazm viloyati, Gurlan tumanidagi “Sunde Xun” (sobiq “Kommunizm” jamoa xöjaligi hududi) şolikorlik xöjaligiga köçib kelişadi. Yoşgina Kostya mahalliy bolalar bilan tezda kirişib ketadi. Umumtaʼlim maktabining rus tilida öqitiladigan sinfida 10-sinfni bitirib çiqadi. Maktabni aʼlo baholarga bitirgan zehnli bu yigit 1954-yilning özidayoq olis Novosibirsk Davlat Tibbiyot institutining davolaş fakultetiga öqişga kiradi. Oradan olti yil ötib, Konstantin Ogay mazkur institutni imtiyozli diplom bilan tugatgan. Institut taqsimot hayʼati unga özi ösib-ulğaygan olis Xorazm viloyatiga işga yöllanma berdi. U özining tibbiyot sohasidagi ilk iş faoliyatini Manğit şahridagi markaziy kasalxonada terapevt-şifokor bölib işlaşdan boşladi. Mehnatkaşligi, halol va rostgöyligi, öz ustida tinimsiz izlanişi hamda bemorlarga va atrofidagilarga xuşmuomalaligi bilan tezda mehnat jamoasida, el orasida obrö-eʼtiborga sazovor böla boşladi.
Natijada Konstantin Mixayloviçdagi öziga xos tadbirkorlik va atrofdagilar bilan muomala madaniyatining nihoyatda yuksakligi, har bir masalaning yeçimini topiş borasidagi odilona ilmiy yondaşiş xususiyatlarini hisobga olib, tuman rahbariyati ulkan jamoaning boş şifokori örinbosari lavozimiga tayinlaşdi.
Uning qölidan davo topganlar soni esa kundan-kun oşib, aholi orasida katta obrö qozondi. 1970-yilga kelib Konstantin Mixayloviç birinçi toifali terapevt darajasiga erişdi. Uni kasbdoşlari, ayniqsa, amudaryoliklar özlariga yaqin olib Kostya aka, deb çaqiradigan bölişdi.
Mixayloviçning kasbiy salohiyati 1975-yilda Davlat attestatsiya hayʼati tomonidan oliy toifali terapevt maqomiga loyiq deb topildi. Şu tariqa u haqiqiy özbek farzandi, manğitlik bölib qoldi, bu rost gap. 1978-yilda Konstantin Mixayloviç Ogayga “Qoraqalpoğiston ASSPda xizmat körsatgan şifokor” Faxriy unvoni berildi. Bu yuksak mukofot inson mehnatining qadrlanişi va millatlararo özaro tinç-totuvlikning, qolaversa, soğliqni saqlaş tizimida fidoyilik qilayotgan ilğor kadrlar mehnatining davlat tomonidan munosib baholanişi edi.
Biz uşbu maqolamizda Kostya akaning davolovçi şifokor sifatida jonkuyarlik körsatib işlagani, rahbar sifatidagi taşkilotçilik qobiliyati, boy bilimi, jamoatçilikning hurmatiga sazovor bölgan köp qirrali faoliyatini yoritiş barobarida u kişidagi insoniy fazilatlar naqadar yuksak bölganini alohida eʼtirof etişni lozim topdik. U öz huzuriga ilinj va işonç bilan kelgan insonlarning köngliga dalda berib, soğayib ketişiga işontira oliş qobiliyatiga ega şifokor edi.
Umr – oqar daryo. Yoruğ dunyoga kelibmizki, uning sönggi manzili borligi barçamizga ayon. Lekin bu lahzani Yaratganning özidan boşqa heç kim bilmaydi...
Modomiki, şunday ekan, oramizda Konstantin Mixayloviçdek el eʼzozida bölgan insonlarni eslab, Allohga iltijo qilamizki, ularning qabrlari nurga tölsin!
Qodirbergan xoji JUMAMUPOD öğli.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶