QALB AMRI BILAN
Kuz fasli oʻzining saxiyligi bilan boshqa fasllardan farq qiladi.
Bogʻlardagi biri-biridan sarxil mevalar koʻzni quvontirsa, dalalardagi charaqlagan paxta xirmonini koʻrib shukronalar aytging kelaveradi.
Bizning Oybek nomli mahallamizda ham koʻngillilardan iborat “Paxtakorlarga yordam” hasharchilar guruhi tuzilgan. Yaqinda mahallamizning 25 nafar koʻngilli hasharchilari Toʻlqin ovulidagi fermer xoʻjaliklari dalalarida paxtakorlarga yaqindan yordam berishdi.
Men ham mahallamiz koʻngilli hasharchilari bilan ikki kun davomida har kuni 120 kilogrammdan 240 kilogramm paxta terdim. Quvonarlisi shuki, tergan paxtamizga ish haqimizni ham dala boshida hisob-kitob qilib berishdi. Terimchilar uchun dala boshida doimiy choy qaynatib qoʻyilgani, tushlikda issiq ovqat berilgani gʻayratimizga-gʻayrat qoʻshdi. Mahallamizning hasharchilar guruhi aʼzolari har kuni surʼatni boʻshashtirmay, qalb amri bilan paxta dalalariga hasharga chiqishmoqda.
Zuhra AHMEDOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶