Jamiyat
👁 525
Amudaryoda 4 ta sektorlar shtabi aʼzolari xonadonma-xonadon yurib, muammolarni oʻrganmoqda
Bugun 22-oktyabr kuni Amudaryo tumani hokimligida hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha tuzilgan sektorlar ishini jonlantirish masalasida yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda ishchi guruhlar tuzilib, xonadonma-xonadon yurish, har bir oilaning holidan xabar olish, aholini qiynayotgan muammoli masalalarni aniqlab, ularni tumanning oʻzida bartaraf qilish, agar tuman miqyosida hal qilishning imkoni boʻlmasa, Pespublika darajasida koʻrib chiqish uchun roʻyxatga kiritish boʻyicha sektor rahbarlariga topshiriqlar berildi.
Endilikda hafta davomida sektor aʼzolari hududlarda boʻlib, ovul va mahallalarga, xonadonlarga tashrif buyuradi va aholi bilan muloqot oʻtkazadi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶