Yoshlar oʻrtasida psixologik haftalik boʻlib oʻtdi (video)
Yoshlar – jamiyatimizning yetakchi kuchi, Istiqlol gʻoyalarining targʻibotchilari hamda davomchilaridir. Binobarin, mamlakatimizning kelajagi, taraqqiyot omillari bugungi yoshlarning bilim va salohiyatiga, ularga berilayotgan taʼlim-tarbiyaning sifatiga bogʻliq.
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi rahbarligida “Psixologik haftalik” doirasida “Yoshlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi” tomonidan 2018-yil 19-oktyabr kuni oʻtkazilgan oʻquv-seminar mashgʻulotlarida ham kelajagimiz egalari boʻlgan yosh avlod taʼlim va tarbiyasi bilan bogʻliq masalalarga alohida eʼtibor berildi.
Oʻquv-seminar ishida tumanimizdagi barcha umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari, tuman xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash boʻyicha mutaxassislari, tuman IIBning ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlaridagi profilaktika inspektorlari, umumtaʼlim maktablarining psixologlari, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining taʼlim muassasalaridagi yoshlar yetakchilari ishtirok etdilar.
NDPI qoshidagi Amudaryo akademik litseyi binosida boʻlib oʻtgan oʻquv-seminar mashgʻulotlari rejaviy- jadval asosida 3 ta guruhga boʻlingan holda, yuksak saviyada tashkil etildi. Ishtirokchilarga “Yoshlarga ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi” psixologi Maʼruf Mirsharipov “Yoshlar oʻrtasida oʻz joniga qasd qilish holatlarining oldini olish, yoshlar tarbiyasiga masʼul mutaxassislar malakasini oshirish” boʻyicha dolzarb oʻquv mashgʻulotlari, nazariy dars-suhbatlar oʻtkazdi.
Tumanimiz oʻquv muassasalaridagi yoshlar tarbiyasiga masʼul xodimlar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan mazkur oʻquv-seminar munoazarlarga boy va ijtimoiy ahamiyatga ega qizgʻin fikr almashuvlar asosida oʻtdi.
Robiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶