Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 21 yilligi oldidan
Özbekiston Respublikasining fuqarolari jamiyat va davlat işlarini boşqarişda bevosita hamda öz vakillari orqali iştirok etiş huquqiga egadirlar. Bunday iştirok etiş özini özi boşqariş, referendumlar ötkaziş va davlat organlarini demokratik tarzda taşkil etiş yöli bilan amalga oşiriladi.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32-moddasi.
Hamjihatlikda iş olib borayapmiz
"Durunki” mahallasi şahrimizning janubiy qismida joylaşgan bölib, bir tomoni Turkmaniston davlati bilan, bir tomoni "Yusufxöja” aholi punkti bilan tutaşgan. Aholisi köp millatli bölsada, özaro tinç-totuv yaşaşadi. Biz albatta iş yuritişda mahallamizda yaşayotgan köpni körgan, hayot tajribasiga ega otaxon-onaxonlar, öz qöni-qöşnilariga hayot tarzi bilan ibrat bölayotgan oila boşliqlari va mahallaning faol aʼzolari bilan hamkorlik qilamiz.
"Obod turmuş yili” Davlat das-turiga asosan mahallamizda keng kölamli işlar olib borildi.
Manğit-Qiliçboy guzar yölining ikki tomoni kökalamzorlaştirildi, zovurlar atrofi tozalanib, har xil manzarali daraxtlar ekildi. Har bir köça, uy atrofi tartibga keltirildi. Köçalarning ikki tomonida qurigan daraxtlar kesilib, örniga yangi manzarali köçatlar ekildi.
Mahallamiz hududidagi 2 ta maktab, 2 ta bolalar boğçasi tevarak atrofi obodonlaştirildi.
Yil boşidan beri muhim sanalar munosabati bilan turli bayram tadbirlari ötkazilib, ularda mahalla ahlining keng iştiroki taʼminlandi. Tadbirlarda "Eng namunali oila”, "Eng namunali qaynona”, "Eng namunali kelin”, "Eng tadbirkor oila” nominatsiyalari böyiça ğoliblar aniqlanib, mukofotlar öz egalariga topşirildi.
"Mahallaning eng ziyoli oilasi” deb eʼtirof etilgan Sobir Safarboyev va Gulora Bekimbetovalar oilalari barçaga ibrat bölayapti.
Albatta hayot bir tekis keçmaydi. Turmuşning past-balandi hamma joyda bölgani kabi mahallamizdagi oilalarda ham baʼzan muammolar yuzaga kelib turadi. Lekin bu muammolar mahalladan taşqari olib çiqilmay, şu yerda hal qilinadi, hamjihatlik bilan iş yuritişimiz natijasida arazlagan oila aʼzolari yaraştirildi.
Mahalla faollari işsizlik masalasida ham iş olib boradi. Mahalla hududida joylaşgan "Manğit ipak” pillaxonasi har yili yoz mavsumida 100 nafar mahalla yoşlarini, oila bekalarini iş bilan taʼminlaydi.
Bir söz bilan aytganda, bizning "Durunki” mahallamiz ahli oila farovonligini oşiriş uçun dadil saʼy-harakatlar olib borib, samarali natijalarga erişmoqdalar.
Gavhar MINGBOYeVA,
"Durunki” mahallasining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari böyiça maslahatçisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶