Abdurahmon Matsapoyev eng maʼrifatli imom deb topildi
Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi bilan “Eng maʼrifatli imom” tanlovini yuqori saviyada tashkil etish boʻyicha katta tayyorgarlik ishlari koʻrildi. Tanlovni oʻtkazishdan maqsad, oʻz hududida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda faollik koʻrsatgan, yuqori kasbiy mahoratga, xalq orasida yuksak obroʻga ega boʻlgan, tashabbuskor, innovatsion gʻoyalar yaratuvchisi, zamonaviy axborot texnologiyalaridan yetarlicha foydalana oladigan eng iqtidorli imom-xatiblarni aniqlashdan iborat.
Uch bosqichda oʻtkazilishi belgilangan tanlovning birinchi shahar va tumanlararo hududiy bosqichi joriy yil 5-6-oktyabr kunlari Nukus shahri, Ellikqala va Amudaryo tumanlarda oʻtkazildi.
Joriy yilning 23-oktyabr sanasida tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi. Tadbirning ochilish marosimida Oʻzbekiston musulmonlari idorasi masʼul xodimi Muhammadayyub Homidov Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining qoraqalpogʻistonlik ulamolar va diniy soha xodimlariga yoʻllagan salomini yetkazdi. Soʻng Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti qozisi Shamsutdin Bauatdinov soʻzga chiqib, bunday diniy-maʼrifiy tanlovlarni oʻtkazishda tashabbuskorlik koʻrsatgan Diniy idora Pahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi va ishtirokchilarga omadlar tiladi.
Shuni mamnuniyat bilan qayd etamizki, mazkur tanlovda oʻzining islom dini ahkomlari asosidagi maʼnaviy-maʼrifiy va diniy-maʼrifiy hamda diniy-tarbiyaviy targʻibot-tashviqot ishlari, oʻzi rahbarlik qilayotgan diniy idora – Yusuf Eshon bobo jomʼe masjididagi oʻziga xos haqiqiy islomiy qonun-qoidalarga qatʼiy amal qilgani, yuksak islomiy madaniyati uchun Abdurahmon Matsapoyev “Eng maʼrifatli imom-xatib” deb topildi va tanlovda 1-oʻrinni egalladi va mazkur tanlovning Oʻzbekiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma oldi. A.Matsapoyevga Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyotining maxsus mukofot va sovgʻalari topshirildi.
Shuningdek, tanlovda turli nominatsiyalarda imomlardan tashqari, masjidlarda fidokorona xizmat qilib kelayotgan xodimlar ham Qoraqalpogʻiston musulmonlari qoziyoti tarafidan «Faxriy yorliq» va esdalik sovgʻalar bilan munosib taqdirlandilar.
P.YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶