JISMONIY ÇINIQIŞ SOĞLOM HAYoT UÇUN INTILIŞDIR
Xalqimiz azal-azaldan jismonan baquvvat kişilarga katta eʼtibor, hurmat va havas bilan qaragan. Xorazm elining asl farzandi, kuragi yerga tegmagan polvon Pahlavon Mahmudning jasorati va xizmati xalqning yuragidan şunday joy olganki, bugun u xalq qahramoni sifatida eʼtirof etilib, uning oxirgi qönim topgan joyi butun xalqimizning sevimli ziyoratgohiga aylangan.
Bugungi kunda mustaqil Özbekistonimizda ösib kelayotgan yoşlar uçun juda katta şart-şaroitlar yaratildiki, Respublikamizning eng çekka qişloqlarida ham jahon andozalariga mos sport inşootlari qurilib, yoşlar ixtiyoriga topşirildi. Bu maskanlarda barça yoşlar, aholi özlari istagan sport turlariga qatnaşib, öz salomatliklarini mustahkamlamoqdalar.
Jismoniy tarbiya – umuminsoniy madaniyatning bir qismi bölib, öz salomatligini saqlaş va mustahkamlaş maqsadidagi harakatdir.
Jismoniy maşqlar bilan muntazam şuğullanib turuvçi kişi davolanişga kamdan-kam muhtoj böladi, deb yozgan edi Abu Ali ibn Sino .
Jismoniy tarbiyaning soğlomlaştiruvçi va tarbiyaviy ahamiyati keng qamrovli bölib, jismoniy va aqliy yetuklikni taʼminlaşga, soğliqni yaxşilaşga, organizmning taşqi muhit salbiy taʼsirlariga nisbatan qarşiligini oşirişga, odamda harakat könikmalarini şakllantirişga, organizmning çiniqişini taʼminlaşga xizmat qiladi. Şuningdek, bolalarda faollik, taşabbuskorlik, biron masalaga jurʼat bilan kirişiş, qiyinçilikdan, oğir mehnatdan qörqmaslik, örtoqlik va döstlik hissiyotlarini şakllantiradi.
Muntazam ravişda jismoniy maşqlar bilan şuğullaniş aholi orasida kasallaniş va jarohatlanişning oldini oladi, orttirilgan baʼzi yomon odatlardan voz keçişga olib keladi, organizmda mavjud ayrim kasalliklarni davolaydi.
Xalqimizda şunday bir hikmatli söz bor: “Pul yöqotsang, hali heç narsa yöqotmabsan, vaqt yöqotsang ham kam narsa yöqotganing, ammo soğliqni yöqotsang, hamma narsani yöqotganing”. Soğliqni yöqotgandan keyin izlaşdan köra, uni yöqotmasdan oldin asraş lozim. Bunda jismoniy çiniqişning örni muhim. Şunday ekan, keksa-yu yoş, erkagu ayol soğlom yaşaşi uçun hamişa sportga oşno bölişi kerak.
Jumaboy Yavqaşev, tuman Tibbiyot birlaşmasining
“Salomatlik” bölimi mudiri.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶