2019-yildagi qoʻshimcha dam olish kunlari belgilandi
Prezidentimiz tomonidan 2019-yilda ham fuqarolarning rasmiy sanalarni nishonlash davrida toʻliq dam olishi uchun sharoitlar yaratish, dam olish va bayram kunlaridan oqilona foydalanishini taʼminlash maqsadidagi Farmon qabul qilindi. Farmonga muvofiq 2019-yilda quyidagi kunlar qoʻshimcha dam olish kunlari deb belgilandi:
2-yanvar – chorshanba;
22-mart – juma;
2-sentyabr – dushanba.
Kelgusi yildagi quyidagi dam olish kunlari esa koʻchirildi:
5-yanvar – shanba 3-yanvar – payshanbaga;
1-iyun – shanba 6-iyun – payshanbaga;
7-sentyabr – shanba 3-sentyabr – seshanbaga;
28-dekabr – shanba 31-dekabr – seshanbaga.
Shuningdek, tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan birgalikda bayram kunlarining uzaytirilishini hisobga olgan holda, respublika aholisi uchun ichki turizm va faol dam olish yoʻnalishlari, transport va mehmonxona xizmatlari uchun chegirmalar berilishi hamda aktsiyalar oʻtkazilishi tashkil etiladi. Mamlakatimizda aholining uzaytirilgan bayram kunlarida maroqli va foydali dam olishini tashkil etish boʻyicha tizimli choralar ham koʻriladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶