DEPUTAT MAKTAB OʻQUVChILARI BILAN UChRAShDI

5-noyabr kuni 25-“Toʻlqin” saylov okrugidan xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Adilboy Yusupov tumandagi 33-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari bilan uchrashdi. OʻzMTDP tuman Kengashi tomonidan “Deputat bilan yuzma yuz” mavzusida tashkil etilgan ushbu uchrashuv yigʻilishida maktab oʻquvchilari va oʻqituvchilari, shuningdek, partiya aʼzolari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv tadbirida deputat A.Yusupov soʻzga chiqib, ayni paytda davlatimiz va Prezidentimiz tomonidan yoshlar taʼlim-tarbiyasiga berilayotgan eʼtibor va imkoniyatlar haqida gapirdi va ularni bunday gʻamxoʻrliklarga javoban yaxshi bilim olishga, namunali odob-ahloqli boʻlishga, inson maʼnaviyatini yuksaltirish omili boʻlgan badiiy adabiyotlarni koʻproq oʻqishga daʼvat qildi.
Uchrashuv tadbirida 33-sonli maktab oʻquvchilari deputat A.Yusupovga ovulda yoshlarga hunar oʻrgatuvchi maskanlarni tashkil etish, ovul yoshlarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari uchun sharoit yaratish, maktab kutubxonasidagi badiiy adabiyotlar sonini koʻpaytirish va maktablarda ingliz tili toʻgaraklarini tashkil etish yuzasidan oʻz takliflarini bildirdilar.
Tadbir yakunida oʻquvchilar tomonidan berilgan taklif va savollarga xalq deputatlari tuman Kengashi deputati A.Yusupov, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Sh.Yangiboyevalar tomonidan javoblar berildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶