16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 18:59
Jamiyat 👁 815

XALQ OLDIDA OʻZIMIZNI IShChAN QILIB KOʻRSATIShGA HAQQIMIZ YOʻQ

XALQ OLDIDA OʻZIMIZNI IShChAN QILIB KOʻRSATIShGA HAQQIMIZ YOʻQ

Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari bugungi kunda mamlakatimizda eng xalqparvar, demokratik institut va jamiyat taraqqiyotining yetakchi boʻgʻiniga aylandi. Chunki xalqimiz ovul va mahallalarda yashab, mehnat qilishadi, oʻzlari yashab turgan hududning ijtimoiy-maʼnaviy, iqtisodiy hamda madaniy jihatdan rivojlanishida faol ishtirok etadilar va bunga oʻzlarini masʼul deb biladilar.

Biz joriy yilning 30-oktyabr sanasida Oq oltin ovul fuqarolar yigʻinida boʻlganimizda ovul aholisining ovulni har tomonlama ravnaq toptirish borasidagi ishlarda befarq emasligining guvohi boʻldik. Muammolarni muhokama qilish, faoliyat koʻrsatayotgan komissiyalar ishtirokida joylarga chiqib oʻrganish hamda ularni imkoni boricha hal etish choralari koʻrilgani bois, soʻnggi yillarda aholi tomonidan tushayotgan shi-koyat va murojaatlar ancha kamaygan. 6850 nafardan ziyod aholi istiqomat qiladigan ovul hududida aholiga zarur ijtimoiy-maishiy xizmat koʻrsatuvchi tadbirkorlar anchagina.

Biz ijodiy guruhimiz bilan ovulda boʻlgan kunimizda Oq oltin ovul fuqarolar yigʻinining vakillar yigʻilishida ovuldagi qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri Jahongir Prmanov hamda tuman IIBning hududga biriktirilgan 30-sonli militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori F.Abdurahimovlarning oʻz faoliyatlari boʻyicha hisobotlari tinglandi.

Fuqarolar yigʻinining Nizomiga koʻra, har chorakda bir marta fuqarolar yigʻini raisi, uning oʻrinbosarlari va maslahatchilari, yigʻin faoliyatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha komissiyalari hamda taftish komissiyasi raisi, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari hamda hududdagi militsiya tayanch punkti huquqbuzarliklar profilaktikasi boʻyicha inspektori, taʼlim muassasalari va qishloq oilaviy poliklinikalari rahbarlarining hisobotlarini eshitishi, ular faoliyatini tanqidiy va tahliliy muhokama etishlari, hatto ularning egallab turgan lavozimlariga loyiq yoki noloyiqligi yuzasidan tavsiyalar qabul qilishi belgilab qoʻyilgan.

Oq oltin ovul fuqarolar yigʻinida boʻlib oʻtgan yuqoridagi yigʻilishda esa biz ishchanlik ruhini sezmadik.

Toʻgʻri, yigʻilish barcha rasmiy qonun-qoidalarga muvofiq oʻtkazildi. Yaʼni, yigʻilishni yigʻin raisi Q.Matmurodov ochdi va olib bordi. QOP mudiri J.Prmanov hamda militsiya tayanch punki huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori F.Abdurahimovlar hisobot maʼruzalari qildilar. Maʼruzalar ham risoladagiday, yaʼni, bajarilgan ishlar, raqamlar bilan dalillangan misollar orqali qayd etildi. 3-qishloq oilaviy poliklinikasi mudiri J.Prmanovning hisobotiga eʼtibor beraylik: son-sanoqsiz raqamlar – hisobot davrida qancha aholi tibbiy koʻrikdan oʻtkazilgani, shulardan bolalar qancha-yu, ayollar, keksalar, shuningdek, kasallik turlari boʻyicha emlanganlar, roʻyxatda turuvchi va roʻyxatga olingan bemorlar. Xullas, raqamlar soʻzlaydi, tinglovchilar shunchaki tinglayveradi. Chunki, bu kabi maʼruzalarni xalqimiz jim oʻtirib tinglashga “odatlanishgan”. Biz esa har qanday odam yigʻilish ruhidan kelib chiqib aytishi mumkin boʻlgan bir fikrni aytishni lozim topdik: hisobot yigʻilishi zoʻrma-zoʻraki oʻtkazildi va unda faollik yetishmadi. Aholi vakillari esa hisobot yigʻilishidan koʻzlangan maqsad nima ekanligini hatto anglab ham yetmadilar.

Profilaktika inspektori F.Abdurahimovning maʼruzasiga kelsak, oʻz faoliyatini 2018-yilning oktyabr oyida boshlagan profilaktika inspektori, leytenant F.Abdurahimov 2018-yil 30-oktyabr kuni boʻlib oʻtadigan mazkur yigʻilishga qoʻlida tayyor bayonnoma (oʻzi hisobot qiladigan yigʻilish bayonnomasi!) bilan kelganining oʻzi hisobot yigʻilishi shunchaki rasmiyatchilik uchun oʻtkazilayotganining isboti emasmi?

Prezidentimiz qayerda, qanday mavzuda maʼruza qilmasin, doimo bir gapni qayta-qayta takrorlaydilar: “Xalqimiz bizdan rozi boʻlishi kerak!”.

Xalqimiz ishonch bildirib qoʻygan rahbarlar, davlat xizmatchilariki, oʻz vazifalarini bajarishda soxta maʼlumotlarga, rasmiyatchiliklarga suyanar ekanlar, xalq kimga suyanadi? Oq oltin OFY raisi shunchaki rasmiyatchilik yuzasidan rahbarlar hisobotini tinglashi kimga kerak? Aslida xalqqa ishning halolidan kelib, soʻzning mardini aytadigan, haqiqatdan ham xalq orasiga kirib borib, uning dardini tinglab, ogʻiriga yelka tutadigan rahbarning hisoboti kerak! Shunday emasmi?

Yigʻilishda 3-sonli QOP mudiri J.Prmanov oʻz maʼruzasida hududdagi ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlami haqida va aholining bunday vakillari bilan shaxsan uchrashib, ularning malakali tibbiy xizmatlar olgani yo olmagani, sogʻligida jiddiy muammolari boʻlgan kishilarga tuman Tibbiyot birlashmasi malakali mutaxassislari bilan maslahatlashgan holda, ular sogʻligini tiklashlari uchun koʻrsatilayotgan amaliy yordam – reabilitatsiya markazlariga (order) yoʻllanmalar olishda koʻmaklashish masalalarida qilingan ishlar yuzasidan aniq misollar keltirmadi. Rahbar sifatida shaxsiy tashabbus koʻrsatish oʻrniga, faqat tuman Tibbiyot birlashmasi tomonidan berilgan koʻrsatmalar boʻyicha bajarilgan ishlar bilan cheklanib qolinayotganini maʼruza mazmunidan anglab olish qiyin emas.

Huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori F.Abdurahimovning maʼruzasi ham rasmiyatchilik yuzasidan tayyorlangan va maʼruzachi oʻz xizmat hududidagi muammolarni hali yetarlicha oʻrganib, tahlil qilmagan.

Vaholanki, yigʻin aholisi hayotida sogʻlikni saqlash va huquqiy masalalar boʻyicha yechimini kutayotgan muammolar bir talay. Bu muammolarni biz birma-bir taʼkidlab oʻtmoqchi emasmiz. Lekin bir fikrni aytishga majburmiz: Oq oltin OFY raisi Q.Matmurodov yigʻin hududidagi idora va tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini tashkil etish, bu hisobot yigʻilishiga aholi vakillarining faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha yetarli tajribaga ega emas. Buni biz 30-oktyabr kuni boʻlib oʻtgan yuqoridagi yigʻilishda yaqqol koʻrdik va his etdik.

Maqolamiz intihosida OFY va MFY raislari (oqsoqollari)ning ish tutumlaridagi umumiy bir kamchilikni (balki sustkashlikdir!) roʻyi-rost aytishga majburmiz:

– OFY va MFY raislari (oqsoqollari) oʻz vakolatlari doirasidagi vazifalarni yo tushunishmaydi yoki oʻz xizmat lavozimi burchlarini ado etish boʻyicha maʼlum bilimga ega emaslar!

Bizning maqsadimiz – doimo xolis. Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, oʻz vazifamizni halollik bilan bajarish va hamisha xalqqa yaqin boʻlish. Xalqimiz dardini anglab, ogʻiriga yelka tutib yashash har birimizning burchimizdir. Burchga nisbatan masʼuliyatsizlik va rasmiyatchilik bilan yondashishga, shunchaki ishlash, xalq koʻzi oldida oʻzimizni ishchan qilib koʻrsatishga aslo haqqimiz yoʻq. Xalqimizga rasmiyatchilik emas, amaliy ish kerak! Shunday emasmi?

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019