Tumanimizda "OʻQITUVChI VA MUPABBIYLAP XIYoBONI" TAShKIL ETILADI
Mamlakatimizning markaziy shaharlarida, Qoraqalpogʻiston Pespublikasi hamda viloyatlarda va tumanlar, shaharlarda Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari tashkil etiladi.
Xiyobonlarni tashkil etish va uning asosiy yoʻnalishlari Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Yoshlarni maʼnaviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga taʼlim-tarbiya berish tizimini sifat jihatida yangi bosqichga koʻtarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-avgustdagi 3907-sonli Qarori bilan belgilab berilgan.
Joriy yilning 2-noyabrida Oʻzbekiston Pespublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi va ushbu Qaror asosida “Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonlari”ning kontseptsiyasi tasdiqlandi.
Oʻqituvchi va murabbiylar xiyobonini tashkil etishdan maqsad, avvalo oʻqituvchi va murabbiylarning ijtimoiy mavqei va nufuzini oshirish, ularni maʼnaviy ragʻbatlantirish, yosh avlod qalbida ustoz va murabbiylarga nisbatan chuqur ehtirom hissini tarbiyalash hamda anʼanaviy va umuminsoniy qadriyatlarni yosh avlod ongiga singdirish, etnik madaniy anʼanalarni asrash va unga asoslangan xalq ijodiyotini qoʻllab-quvvatlashdir.
Bundan tashqari, xiyobonlarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash, uning hududida axborot-resurs markazlari, muzey tashkil etish, xiyobonlarda maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazish ham belgilangan.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶