AMUDARYoDA 50 MING AQSh DOLLARLIK KREDIT HISOBIGA ShIShA IDIShLAR IShLAB ChIQARISh TsEXI BUNYoD ETILMOQDA
Bunday ezgu ishni “Amu - Shohjahon” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Jahongir Rajabov amalga oshirmoqda.
Ayni kunda 95 sotixlik hududdagi tsexda qurilish ishlari va olib kelingan shisha idishlar ishlab chiqarish texnologiyalarini oʻrnatish ishlari olib borilayapti. Xomashyo asosan Eron davlatidan olib kelinadi va maʼlum miqdorda oʻzimizning tabiiy hududimizdagi qumlardan foydalaniladi.
-Tseximiz dastlab faqat shisha idishlar ishlab chiqarishga moslashgan boʻlsa-da, keyinchalik faoliyat turini kengaytirish niyatimiz bor. Nasib qilsa, bir-bir yarim oylarga texnologiyalarimizni oʻrnatishni tamomlab, ish boshlaymiz, ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlaymiz, -deydi “Amu - Shohjahon” masʼuliyati cheklangan jamiyati raisi Jahongir Rajabov.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶