Uyingizdagi gaz jihozlari va moʻrikonlar sozmi? Taʼmirlatish uchun yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasiga qoʻngʻiroq qiling!
Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning tabiiy gaz jihozlaridan toʻgʻri foydalanishlari mehim masala sanaladi. Nosoz va qoʻlbola uskunalarni ishlatish inson sogʻligi va hayoti uchun katta xavf tugʻdiradi. Navbatdagi lavhamiz shu maqsadda oʻtkazilayotgan profilaktik ishlar xususida.
Qishda yogʻingarchilik kunlari boshlanib, havo harorati pasayib boradi. Biz xonadonlarimizni isitish choralarini koʻra boshlaymiz. Elektr isitish asboblari, tabiiy gaz tarmoqlari yoki yoqilgʻining boshqa turlaridan foydalanamiz. Lekin, isitish tizimlari mavsumga shay holatdami? Isitish asboblari, pechlar, tabiiy gaz tarmoqlari ishlatish uchun xavfsizmi? Moʻrikonlar tozami? Mana shu kabi savollarga javob izlashni esa koʻpchilik hollarda unutib qoʻyamiz.
Tabiiy gazning toʻliq yonmasligi, bexosdan uzilib qolishi, xona ichida toʻplanishi, yoqib qarovsiz qoldirish, ulashda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaslik oqibatida portlash, yongʻin, hamda tabiiy va is gazidan zaharlanish holatlari bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlar sodir boʻlishi mumkin. Afsuski, bu hol insonlarning turli xil tan jarohati olishi yoki oʻlimi bilan yakunlanadi.
Oʻzbekiston Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan ushbu holatlarning kelib chiqish sabablari va manbalari oʻrganilib, tahlil qilinganida fuqarolarning tabiiy gazdan notoʻgʻri foydalanishi, nazoratsiz qoldirishi, isitish qurilmalari, gaz gorelkalarining buzilishi, trubalar ulangan joyning teshilishi natijasida gaz chikib ketganida zaxarlanish hamda soʻrib olish moslamalarining ishlatishi sababli roʻy berayotgani aniqlanmoqda. Bundan tashqari, pechka bilan isitiladigan xonalarda moʻri toʻlib qolganida va yongʻin vaqtida yopiq, tutunli xonalarda qolgan shaxslarda ham zaharlanish holatlari kuzatiladi. Moʻrikonlarni yozda toʻla berkitib qoʻyib, isitish vaqtida ochmaslik xonaga is gazining toʻlishiga olib keladi.
Is gazi xonadonlarimizda foydalaniladigan tabiiy gazning toʻliq yonmasligi, koʻmir va organik moddalarning chala yonishidan hosil boʻladigan gazdir. U inson organizmining nafas yoʻllari va aʼzolariga kuchli taʼsir qiladi. Organizmni, xususan, markaziy asab tizimini zararlaydi.
Zaharlanish uning havodagi miqdori va taʼsir muddatiga qarab yengil, oʻrta va ogʻir darajada boʻladi. Bunday hollarda bosh qattiq ogʻriydi, aylanadi. Qayt qilish, hushdan ketish kuzatiladi hamda nafas olish sekinlashadi. Baʼzan oʻlimga olib keladi.
Birinchi yordam koʻrsatish uchun, avvalo, zaharlangan kishini zudlik bilan toza havoga olib chiqish zarur. Yuzaki nafas olishda yoki nafas olish toʻxtab qolganida sunʼiy nafas oldirish lozim. Bemor hushida boʻlsa, tananing yuqorisi qisib turuvchi kiyimlardan boʻshatiladi, issiq choy va qahva ichiriladi.
Shuni eslatib oʻtmoqchimizki, xonada tabiiy gaz yigʻilib qolganida zudlik oyna va derazalarini ochib, shamollatish, elektr jihozlarini yoqmaslik, yoqiq boʻlsa oʻchirmaslik, gaz joʻmraklarini berkitish, berkitishning iloji boʻlmasa yoki yorilgan, singan va teshilgan joylar aniqlansa, gaz taʼminoti avariya xizmatiga xabar berish lozim. Tabiiy va is gazidan zaharlanish yuz bersa zaharlangan kishiga birinchi tibbiy yordam koʻrsatish, 103 telefon raqami orqali “Tez tibbiy yordam”ga, 104 telefon raqami orqali gaz taʼminoti xizmatiga, 1050 telefon raqami orqali Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Qutqaruv xizmatiga murojaat qilishni yodda tutish zarur.
Aholini tabiiy va is gazidan zaharlanishining oldini olish tadbirlari nafaqat mutassadi tashkilot, idoralar hamda xizmatlar tamonidan balki, har bir xonadon egalari va barcha fuqarolar tamonidan amalga oshirilishi lozim.
Ayni kunlarda Oʻzbekiston Yongʻinga qarshi kurashish jamiyatining tuman hududiy boʻlinmasi xodimlari tomonidan xonadonlarda pullik asosda gaz jihozlarini koʻrikdan oʻtkazish, sozlash, moʻrikonlarni va dudboʻronlarni tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Agar Siz ham bu xizmatda ehtiyoj sezsangiz, jamiyatning 93 619 97 79 raqamli telefoniga qoʻngʻiroq qilib, buyurtma berishingiz mumkin. Shu oʻrinda barcha yurtdoshlarimizni gazdan zaharlanish va chaqnash bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning oldini olishda ogohlik va faollikka chaqiramiz.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶