Amudaryolik basketbolçilar Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogi sohibi böldi
Mamlakatimizda sportning ommaviyligiga erişiş maqsadida turli musobaqalar taşkil etilib, ğoliblar moddiy-maʼnaviy rağbatlantirib borilayapti. Bu öz navbatida qiziquvçilar sonining ortişiga asos bölayotir.
Şu yilning 17-18-noyabr kunlari tumanimizda 1999-2001-yillarda tuğilgan bolalar örtasida basketbol böyiça Qoraqalpoğiston Respublikasi kubogi musobaqalari bölib ötdi. Musobaqada Amudaryo, Qoraözak, Nukus, Törtköl, Çimboy tumanlari va Nukus şahri basketbolçilar jamoalari qatnaşib, ğoliblik uçun bahs olib bordilar.
Jami 72 nafar iqtidorli basketbolçilar orasida qizğin keçgan bellaşuv natijasi tumanimiz vakillari foydasiga hal böldi. Yaʼni jamoa hisobida amudaryoliklar birinçi örinni, çimboyliklar ikkinçi, Nukus tumani basketbolçilari esa uçinçi örinni egalladilar.
Ğoliblarga Qoraqalpoğiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligining Faxriy yorliq, esdalik sovğalari topşirildi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶