ÖZIDAN KÖRA ASORATI OĞIR KASALLIK
Kuz-qiş mavsumida aholi örtasida gripp kasalligi keng tarqaladi. Gripp –ötkir va tez yuqadigan kasallik bölib, uni juda mayda, hatto filtrdan ham ötib ketadigan viruslar keltirib çiqaradi. Kasallik keltirib çiqaradigan bu viruslarning A, B, S turlari mavjud.
Grippning asosiy manbai kasallikka çalingan inson yoki uni taşuvçilar hisoblanadi.
Gripp virusi soğlom odamga bemor aksirganda, yötalganda yoki u bilan gaplaşganda havo tomçi yöllari orqali ötişi mumkin.
Kasallik tösatdan, ötkir boşlanadi. Xavfli jihati – kasallikning yaşirin davri bir neça soatdan 3 kungaça davom etadi.
Gripp kasalligiga barça yoşdagilar moyil bölib, ayniqsa, nimjon, yaʼni immuniteti past bolalar, keksa yoşdagilar, homilador ayollar hamda surunkali xastaliklari bölgan kişilarga köproq yuqadi va oğir keçadi.
Kasallik asosan nafas yöllari yalliğlanişi bilan boşlanib, keyinçalik bemorda tana harorati 38-40 darajaga kötarilişi, burun bitişi, burundan suyuqlik ajralişi, yötal, muşaklarda oğriq paydo bölişi, boş va tomoq oğrişi, holsizlik hamda iştaha buzilişi, baʼzida esa qayt qiliş holatlari kuzatiladi. Gripp özidan köra asorati oğir kasallik hisoblanadi.
Kuz-qiş mavsumida gripp kasalligiga çalinmaslik uçun tanani çiniqtiriş, badantarbiya bilan muntazam şuğullaniş, oçiq havoda yuriş, öz vaqtida ovqatlaniş, alohida ahamiyatga ega. Qolaversa, vaqtida dam oliş, xonalarni vaqti-vaqti bilan şamollatib turiş, sovuq kunlarda issiq kiyiniş, boş kiyim kiyiş, oyoqlar issiq bölişi muhimdir.
Grippga qarşi emlaşning ham ahamiyati katta. Şuningdek, işlab çiqariş korxonalari xodimlari, bolalar, qariyalar uylari, taşkilot va idoralar hamda turarjoy binolarida issiqlik rejimiga rioya qiliş, barça xonalarning issiqlik harorati 22 darajadan past bölmasligi lozim.
Agar kasallik belgilari paydo bölsa, darhol şifokorga murojaat qiliş lozim.
Davron GULMIRZAYeV, tuman DSENM
epidemiolog şifokori.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶