Yoshlar korruptsiya oqibatlaridan ogoh etildi


Shu yilning 21-noyabrida Mangʻit qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tashabbusi bilan “Yoshlar – korruptsiyaga qarshi” deb nomlangan maʼnaviy- maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda OʻzMTDP tuman kengashi boʻlimi bosh maslahatchisi Shamshid Bekimbetov, tuman IIB voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektori Jahongir Yoʻldoshevlar kun tartibidagi mavzu yuzasidan maʼruza qildilar. Jumladan, jamiyatning rivojlanishiga salbiy taʼsirini oʻtkazadigan korruptsiyaning huquqiy oqibatlari, korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora- tadbirlar, bu borada qabul qilingan qonuniy hujjatlar bilan yoshlarni tanishtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil soʻz yuritishdi.
Shuningdek, yoshlarning korruptsiyaga qarshi kurashish borasidagi bilimlarini yanada mustahkamlash va amaliy koʻnikmalarini shakllantirish, ularda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va boshqa qonun hujjatlariga hurmat ruhini tarbiyalash maqsadida savol- javoblar ham tashkil etildi. Yoshlar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollarni berib, batafsil javoblar oldilar.
“Yoshlar – korruptsiyaga qarshi” deb nomlangan maʼnaviy – maʼrifiy tadbir barcha ishtirokchilarning mavzu doir bilimlarini boyitgani bilan ahamiyatli boʻldi.
O.Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶