28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 18:50
Maqolalar 👁 16,209

“El duosin olgaymiz, deb yuribmiz”

“El duosin olgaymiz, deb yuribmiz”

Ahmad Nafasovning "Salomchi” – mening unvonim” kitobi haqida


Soʻnggi yillarda "Falonchining kitobi chiqibdi” yoki "kitob yozayotirman”, "kitobimni nashr qildirmoqchiman”, qabilidagi gaplar biz – ijod ahli uchun yangilik boʻlmay qoldi. Sababi ana shunday "yozuvchi” va "shoir”larning sanogʻiga yetolmay qolganimiz emas, balki nashr etilayotgan asarlarning koʻpchiligi (afsuski) bir marta ham oʻqishga arzimasligidan. Asar boʻlsaki, qoʻldan qoʻymay oʻqigulik: Kumushbibi bilan Otabekni sevganday sevsang, xayolan Kumush boʻlib oʻz Otabegingning qalbiga kirmoqqa shaylanib tursang! Yoki Anvar bilan Raʼnoning dardlarini boshdan oʻtkazib, sevgi-sadoqatiga tasannolar aytib, zavq olsang, qalbing hayajonga toʻlsa! Ana shudir – Kitob! Ana shudir – olam-jahon taassurot! Kitob oʻquvchining qalbi boyigani ham shu!

Oʻquvchi dilida havas va hayajon, yaxshilik tomon intilish uygʻota olmagan asar asarmi? Uni oʻqib, oltinga teng vaqtni boy bermoqlik ne darkor?

Ammo men bir(!) kitob oʻqidim, uni shunchaki kitob deb aytilsa, muallifning haqi ketadi-yov! Yana, bu asarni shunchaki oʻqilsa, mutolaa ahli muqaddas Soʻz (!)ning uvoliga qoladi (mening nazarimda).

"Salomchi” – mening unvonim” deb nomlabdi Kuyuk koʻpir qishlogʻilik shoir akamiz Ahmadjon ogʻa Nafasov oʻz asarini. Men kitob haqida fikr aytishdan avval hurmatli kitobxonlarga, mushtariylarga ne uchun Soʻzni muqaddas deb taʼrif etganimga izoh bersam. Shuning uchunki, oddiygina bir soʻz, ulugʻ maʼrifatparvar olim Mahmudxoʻja Behbudiy hazratlari aytganlariday, "insonga ham hayot baxsh etadi, ham uni halokatga olib boradi”. Demak, har bir inson biron bir soʻz – kalom aytishdan avval aql tarozisidan oʻtkarib, soʻng tinglovchiga yetkazsa, bu kalomning foydasi, tarbiyaviy ahamiyati shunchalar bisyor boʻlarkan-da.

Ana endi, Ahmad ogʻa taʼrif bergan "Salomchi” – mening unvonim” kitobining badiiy qimmati, muallifning oʻz vazifasini ado etishdagi muvaffaqiyati xususida, Soʻz yukini yurak-yuragidan his eta bilish va ana shu oddiy Soʻz orqali minglab odamlar qalbiga kirib borish sanʼatini egallagan oddiy soʻz ustasi – Tursunboy Abdullayevning xalqqa baxshida sanʼati haqida baholi qudrat fikr aytsak boʻladi.

Azizlar, hayotda yaxshilar juda koʻp. Shu barobarida yaxshilik urugʻini sochguvchilar ham bisyor. Lekin yaxshi ishlarga tartib berib, uni ommalashtirib, hatto xalqqa manzur ezgu ish, dasturilamal darajasiga koʻtarib, oʻzi ham shu xalqning beminnat xizmatkoriga aylanib yashash hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Taʼbir joiz boʻlsa, Ahmad Nafasovning qahramoni Tursunboy Abdullayev yuqoridagi sifatlarga munosib insongina emas, balki "Salomchi” nomi bilan el-yurt dilidan joy olib, el ardogʻiga musharraf ijodkor shaxs sifatida shakllanib ulgurgan insondir.

"Salomchi”– mening unvonim” adabiy-badiiy hujjatli ocherk, toʻgʻrirogʻi, T.Abdullayev hayoti va ijodiga doir manzumaasar. Asarning bidiiy qimmati shundaki, unda oʻzbek, qoraqalpoq, qozoq va turkman millatlarining toʻy-marosimlari, oʻziga xos urf-odat va anʼanalari, tutumlari xalqona tilda, xalqona ruhda shunday ifoda etilganki, asarni oʻqish jarayonida beixtiyor Tursunboy "salomchi”ning ovozini eshitganday, uning har qanday kishini ohanraboday oʻziga jalb etuvchi maʼnaviy-maʼrifiy, sermazmun sheʼriyatiga gʻarq boʻlasiz.

Darvoqe, Tursunboy Abdullayev sheʼriyati, dedik. Yoʻq, biz bilgan, elyurt tan olgan "salomchi” hech bir davrada, hech bir nutqida shoirlik daʼvo qilgan emaslar. Lekin oʻtgan asrimizning 70-yillarida tumanimizda yangicha toʻylar oʻtkazishni xalq orasida keng targʻib qilishda Tursunboy Abdullayev oʻziga aslo bino (baho, desak toʻgʻriroq boʻlar) qoʻymay, erinmay mehnat qilgani, har bir toʻyga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazishga masʼuliyat bilan yondashgani, yuzlab va minglab satr hazil sheʼrlar ijod etgani rost.

"Obroʻ topgan ustalarning ichinda,

Temirlar oʻynaydi barmoq uchinda.

Achchigʻi bor xuddi burni uchinda,

Temirchi Buvajon doyiga bergil bir salom”.

Yoki:

"Yonboshlab yotishi koʻna (eski) moladay,

Papirosi tutab turar, chaladay.

Oʻzi qora, niyati oq – boladay,

Pirimmat boʻlasiga bergil bir salom”.

"Toʻy – oʻpkasiz boʻlmaydi”, - deydilar. Shuni eʼtiborga olgan salomchi ogʻamiz kelin salomida nomi chiqmaganlarga ham bir shingil hazil salom yoʻllashni unutmaydilar:

"Bizlar ne”, - deb tumshuq tovlab turmasin,

"Aytmadi”, – deb oʻpkalashib yurmasin.

Toʻydan keyin meni tutib urmasin,

Esdan chiqqan hazillashganlarimizga bergil bir salom”.

Kuyov bolaning achchigʻi tez temirchi-usta doyisi, oʻzi qop-qora, ammo koʻngli toza, hazilni yoqtiradigan va koʻtaradigan Pirimmat boʻlasi, salomda nomlari chiqmagan "oʻpkachi”lar,hamma-hammasining koʻngliga yoʻl topib, oʻzining ham koʻnglini shod etgan "salomchi”dan hamma rozi, hamma minnatdor.

Tursunboy Abdullayevning ilk yangicha toʻylarda davraboshlik qilishi oson kechmagan. Oʻz davrining mashhur salomchisi, Xitoy qishlogʻilik Bozor momo ismli qozoq millatiga mansub onaxon oʻz muomala madaniyati, chechanligi bilan elda hurmat topgan, boz ustiga nomi chiqqan salomchi onaxon boʻlganlar. Momoni el sevgan, uning aytimlaridan zavq olgan. Holbuki, shunday hurmatli onaxonni chetlab oʻtishni hech kim oʻziga ep koʻrmasligi tayin. Ammo ana shu maʼnaviyatli ayol ham T.Abdullayevning ijodiga qiziqib qolib: "jas jigitke joʻl bereyikshi”, - degan ekanlar.

Taʼbir joiz boʻlsa, ana shu "jas jigit” momoning oʻziga nisbatan qiziqishi va eʼtiborini hurmat qilgan holda Xitoy ovulining hurmatli kishilaridan biri (Alloh rahmat qilsin) Pirimmat ogʻa bilan yangicha kelin salomlarini ijod etadi va shu kunning oʻzida Xitoy ovulida tamoman yangilik boʻlgan kelin toʻyi stsenariysini ishlab chiqadi. Va bu toʻy 1975-yilning 18-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi. Tursunboy Abdullayevning yaqin doʻsti Qoʻziboy akaning bu baxtli ayyomi hali-hanuz xamqishloqlarning tilidan tushmaydi:

- Bir toʻy boʻldi, bir toʻy boʻldi-ay!

Tursunboy Abdullayev davraboshilik qilgan, eng zoʻr hayajonlarga boy oʻtgan bu toʻy oqshomi haqida muallif Tursunboy "salomchi”ning salom-sheʼrlar ijod etishda quyidagi manbalarga suyanganini birma-bir sanab oʻtadi: "salom aytiluvchining ismi, yoshi, kasbi, mansabi, hunari, hulq-atvori – ogʻir-vazminmi, shoʻxmi, oʻpkachimi, hazillakashmi, tashqi koʻrinishi, qarindoshchilik munosabati, el ichidagi nufuzi, shuningdek, el-yurt nomidan nasihat, xalq maqollaridan foydalanish”ni qoida qilib olganligini taʼkidlaydi. Ana shu qoida Tursunboy salomchining davraboshilik faoliyatida muhim omil boʻldi va u kelin salomlarini ijod etishni saʼj yoʻllaridan doston yoʻllariga olib chiqa oldi, hatto bu yoʻlda muvaffaqiyat qozondigina emas, oʻzi ijod etgan yangicha toʻylar stsenariysini Qoraqalpogʻiston Respublikasining Amudaryo, Toʻrtkoʻl, Beruniy, Xoʻjayli, hatto Nukus tumanlariga, Xorazm viloyatining bir necha tumanlari va qardosh Turkmaniston Respublikasi Toshhovuz viloyatidagi yuzlab kelin va xatna toʻylarida namoyish etib, el-yurt olqishiga sazovor boʻldi.

Ahmad Nafasov "Salomchi” – mening unvonim” kitobini yozishga oʻtirishdan avval juda koʻp va sinchovlik bilan izlanganini, har bir soʻz, har bitta satr masʼuliyatini, zalvorini yurak-yuragidan his etib turganini asarni oʻqigan har qanday kitobxon sezmasligi mumkin emas.

"- Kitoblar rastasida har xil nomdagi kitoblar qalashib yotibdi, - derdilar doim (Alloh rahmatiga olsin) talabalik davrimizda hurmatli ustozimiz, adabiyotshunos olim, filologiya fanlari doktori Ochil Togʻayev. – Ularning ichidan puling kuymaydiganini topib oʻqish ham bir sanʼat. Asarlar bor – bittagina soʻzida mingta maʼno, mingta imkon, dilga malham, armonlarni gullatib yuborgulik qudrat boʻladi. Ana shu qudrat boʻlmasa, asar-asar emas, kitob esa bir pulga qimmat”.

Qarang-a, biz madaniyatlilikni, maʼnaviy badavlatlikni gurkirab rivojlangan shaharlardan, madaniyat va maʼnaviyat maskanlaridan izlaymiz. Shunchalar gumrohmizmi, deyman-da. Axir ana shu gurkirab yotgan madaniyat va maʼnaviyat maskanlari toʻldira olmagan boʻshliqlarni Tursunboy Abdullayevga oʻxshagan oddiy salomchi yoki Ahmad Nafasovday oʻzini havaskor ijodkor, deb yurgan oddiy qishloq ziyolisi bir (!) soʻz ila toʻldirib, hatto qirgʻoqlardan toshgandaryoday goh oʻzbek, goh turkman, goh qoraqalpoq, goho qozoq millatlarining eng yaxshi kunlarida, toʻy-marosimlarida koʻngillar choʻlini qondirib, xotiraning oltin koʻshklariga muhrlab qoʻyibdi-ku! Bunday fidoyilik – oʻzganing mehnatini qadrlash, igna bilan quduq qaziganday birma-bir magnit tasmalarida, olis yillarda qolib ketgan xotiralarni tiklash, oʻta sinchkovlik bilan tartib berib, bir asarga jamlab, nashrdan chiqartirish – hammaning ham qoʻlidan kelavermaydi. Buni – soʻz qadrini baland tutganlar biladi, maʼnaviyatni borligʻim deb tan olganlar tushunadi!

Ahmad Nafas, nazarimda "Salomchi” – mening unvonim” asarini yozishdan ham koʻra Amudaryo elining oʻziga xos anʼana va udumlari, urf-odat va tutumlari, Amu xalqining oʻzbekona, betakror oʻz feʼli haqida toʻlib-toshib Bizga, Sizga, Unga, Ularga – hammaga soʻzlagisi va ana shunday bagʻrikeng, feʼli keng elning maʼnaviyat sarchashmalaridan barchaning bahramand boʻlishini istagani kitobning har bir sahifasida aks etib turibdi. Asar qahramoni TursunboyAbdullayev ana shu xalqning yuragidan joy olib ulgurgan, aziz farzandi.

Azizlar, agar Siz kitobning "Salomchi” – mening unvonim yoki 1001 salom” deb nomlangan ikkinchi boʻlimini ochsangiz, bir narsaga eʼtiboringizni qarating: "Bismilloh...” kalomi bilan boshlangan kelin salom namunalariga shunday tartib berilganki, T.Abdullayevning toʻylardagi shovqin-suronni bostirish, odamlar diqqatini oʻziga jalb etish uchun biri-biridan maʼnoli sheʼriy satrlarni ijod etganining guvohi boʻlasiz:

"Bismillahir Rohmanir Rohiym,

Salomdur tabarruk odati qadim...”

Yoki:

"Yigʻlab-yigʻlab chimildiqqa kirsa kelin,

Yolgʻon yigʻlab, chin quvonib tursa kelin...”

Shu qabildagi sheʼriy olqishlardan soʻng kelinga murojaat qilinadi. Bu T.Abdullayev davraboshlik uslubining eng muhim jihati sanaladi. Yaratgan Allohga, Odam Atoga, Momo Havoga, el-yurtning ulugʻlariga salomberilgandan soʻnggina asosiy qismga oʻtiladi. Har bir salom oxirida "... bergil bir salom”, degan iboraning ishlatilishi esa T.Abdullayev ijod etgan kelin salomlarning qimmatini yanada oshiradi. Chunki "bir” soʻzining har salom oxirida takrorlanib kelishi, salomda nomi aytilayotgan odamning shaxsiga ishora boʻlib, "bir” deganda sehrli, ulugʻ, koʻpdan-koʻp, alohida kabi maʼnolar taʼkidlanadi.

Demak:

"Yoshlarni odobli, hunarmand qilgan,

Yigit soʻzin qizga shakar-qand qilgan.

Qiz qalbini azamatga band qilgan,

Chin Muhabbat haqiga ber bir (!) salom” – deganda "bir” soʻzi Muhabbatning sirli-sinoatli, qudratli kuchini ifodalashi bilan tinglovchining yuragiga zavq va hayajon soladi.

Tursunboy Abdullayev kelin salomlarining ohanrabosi shundaki, bu sheʼriy murojaat va iltifotlarda oʻziga xos tartib bor. Xususan, kelin salomining asosiy qismida qaynota-qaynonaga, yoshi ulugʻlarga, qaynogʻa va ovsinlarga, qayni-bekachlarga, opalar va pochchalarga, murunduq ota va murunduq enaga, quda-qudagʻaylarga salomlar aytilgach, har xil kasbdagi yaqinlar nomi tilga olinadi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, bironta bir soha, kasb-kor egasi T.Abdullayev salomlaridan bebahra qolmagan. Hammasi oʻrnida, hammasi aʼlo, sharh etilgan har bitta soʻz koʻngilga yaqin, dilni yayratadi. Muhimi, "salomchi” qoʻllagan har bitta Soʻz oʻz vazifasini aʼlo darajada bajargan. Bunday sheʼriy nutqni tinglamaslik, notiqning sanʼatiga qoyil qolmaslik mumkin emas.

Umrining 36-yilini oʻqituvchilik faoliyati bilan birga elimiz toʻylari, marosim va oilaviy tadbirlarida davraboshilik qilib oʻtkazgan soʻz ustasi Tursunboy "salomchi” Abdullayevning sehrli ovozi yozilgan magnit tasmalari va audio, video tasmalarini avaylab-asrab, uning sanʼatini qadrlab yashayotgan minglab zamondoshlarimiz dillarida iftixor bilan aytadilar:

- Bizning toʻyimizda Tursunboy "salomchi” xizmat qilgan, oʻh-hoʻ, zoʻr boʻlgan edi! Hozirgi toʻylarda soʻzlovchini ham tinglovchini ham tushunib boʻlmaydi...”

Nega? Nima uchun? Chunki hozirgi toʻylarni olib boruvchi (davraboshi, boshlovchi)lar nazarimda soʻz ustida ishlamaydilar, soʻz yukini his etmaydilar. Faqat ifodali oʻqishni biladilar, xolos. Ana shu qusur toʻylarimizni zerikarli qilib qoʻymadimikan?

Bu – alohida mavzu.

Tursunboy "salomchi”ningobroʻsini biland qilgan narsa – u amal qilgan meʼyor – oʻz nutqiga, oʻzgalar koʻngliga eʼtibor. Yana u amal qilgan mezon – har bitta soʻz yukini his etib ijod qilish. Shuning uchun ham Tursunboy "salomchi” bugun yo ertaga davraboshilik qilsa ham uning soʻzini hamma jon qulogʻi bilan tinglaydi, tinglatadi u! Hammaning koʻngil uyini ochib kira olgulik Soʻzni topib aytgani uchun unga (balki) el Tursunboy "salomchi” deb nom berdi! Endi u elning odamiga, el-yurt xizmatidagi Odamga aylandi. Uning ana shunday darajadagi shaxs sifatida shakllanishida esa atrofidagilar, yordoʻstlari, eng muhimi, Xalq buyuk tarbiyachi boʻldi. Bu juda katta mehnat samarasi. Bularning barchasi Ahmad ogʻa Nafasov yaratgan ajib ijod mahsuli - "Salomchi” – mening unvonim” kitobida jam boʻldi. Nazarimda, A.Nafas Tursunboy Abdullayev hayoti va ijodini emas, Amu eliga xos maʼnaviy qadriyatlar, bobomeros anʼana va udumlar, tutumlarni sharh etdilar. Bu kitob avvalo millatimizga xos anʼana va urf-odatlarni oʻrganishga ahd qilgan ilm ahli uchun ilmiy-nazariy qoʻllanma, xalqimiz maʼnaviy hayotiga doir tarixiy manbadir. Qolaversa, kitob javonlarimiz yana bir yangi ommabop, goʻzal asar bilan boyidi. Maqolaga muxtasar nuqtani Tursunboy "Salomchi”ning ushbu satrlari sharhi ila qoʻymoqni niyat etdim:

"Baliq - suvda, inson – elda tirikmiz,

El qoʻllasa, kichkinamas – yirikmiz.

El duosin olgaymiz, deb yuribmiz.

El-yurtimizga egilib ber bir salom”

Qarang-a, hammamizning hayotimiz shu toʻrt satrda mujassam maʼnoga uyqash, hammamiz shunday niyatda yashaymiz. Yurtimiz kelinlari ana shu pok niyatlarimiz qoshida taʼzim qilib tursa! Bu – barchaning dilidagi orzu-ku! T.Abdullayevning 1001 salomida ana shunday mazmunlar, pok niyatlar, mohiyatlar mujassam.

Ularni jam etib, elga tutgan Ahmad Nafasga ham tasanno! Ijodingizga baraka bersin, Ahmad ogʻa! Yangi asar sizga ham, elimizga ham qutlugʻ boʻlsin!

Azizlar, "Salomchi” – mening unvonim” asarini oʻqing. Zero, uning har bir sahifasida hayotbaxsh navo bor, maʼno bor. Ulardan albatta oʻzingizni, orzu-niyatlaringizning gul ochgan faslini topasiz, inshoolloh.

Robiya YOʻLDOShEVA,

Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026