Elektron raqamli imzo maʼlumotlarni muhofazalaydi
Hozirgi kunga kelib, ayrim mamlakatlarda raqamli imzodan foydalanishning layoqatliligi qonunlashtirib qoʻyilgan. Elektron raqamli imzo kalitlari sertifikatlari roʻyxatga olish markazlari tomonidan beriladi.
Butun jahonda aloqa sohasida ham axborot texnologiyalari yangi pogʻonaga koʻtarilmoqda. Bu oʻrinda elektron pochta, elektron hujjat alohida ahamiyatga ega.
Elektron pochta oʻzaro bogʻlangan kompyuterlar tarmogʻi yordamida matbuot xabarlari, matn, rasm, chizma va hatto, tovushli axborotni foydalanuvchiga yetkazish uchun xizmat qiladi. Shuningdek, u istalgan vaqtda kerakli maʼlumotni izlash va undan foydalanish imkonini beradi. Elektron hujjat – elektron shaklda qayd etilgan, elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan hamda elektron hujjatning uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan boshqa rekvizitlarga ega boʻlgan axborotdir. Har qanday qogʻozli yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisining yoki tuzish uchun javobgar boʻlgan shaxsning imzosi boʻlishi tabiiy holdir.
Axborot-kommunikatsiya tarmogʻida almashinadigan elektron hujjatli maʼlumotlar ham qogʻozli hujjat almashinuvidagi anʼanaviy shaxsiy imzo vazifasini bajaruvchi kabi elektron raqamli imzo bilan taʼminlanib, elektron hujjat va uning manbasining haqiqiy yoki haqiqiy emasligini imkonini beradi.
Mamlakatimizda elektron raqamli imzodan foydalanish va elektron hujjat aylanishi sohasidagi munosabatlarni tartibga solish boʻyicha tegishli qonunlar qabul qilingan boʻlib, ushbu qonunlarda elektron raqamli imzodan foydalanish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradigan vakolatga ega maxsus organlar koʻrsatib qoʻyilgan. Bugungi zamonamizda internet orqali axborot almashishning qonuniy rasmiylashtirilgan jarayoni hisoblangan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan elektron hujjatlardan keng foydalanilmoqda.
Nazokat Madiyorova tuman Davlat xizmatlari
markazi bosh mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶