Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaş — kuçli fuqarolik jamiyati barpo etiş omili
Bugun mustaqil yurtimiz öziga xos, dadil odimlar bilan taraqqiyot yölidan bormoqda. Ona Vatanimizning qaysi göşasida bölmang, olamşumul yangilanişlarga guvoh bölasiz. Bunyodkor xalqimiz tomonidan yurtimizning har bir burçagida katta özgarişlar amalga oşirilmoqda va ulkan yutuqlar qölga kiritilmoqda.
Aytiş joizki, erişilayotgan bu yutuqlar, xalqimizning tinç-osoyişta hayoti va ertangi kunga bölgan işonçining oşib borayotgani Konstitutsiyamizda belgilab qöyilgan huquqiy asoslar tufaylidir. Yurtboşimiz taʼkidlaganidek: "Avvalo, barçamiz bir haqiqatni anglab, tuşunib bormoqdamiz - bugun jamiyatimizda qanday yutuq va marralarga erişgan bölsak, bularning poydevorida Konstitutsiyamiz - buyuk hayot Qomusimiz turibdi”.
Bugun yigirma bir yilligini katta şodiyona bilan nişonlayotganimiz – Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi - milliy davlatçiligimizning çuqur tarixiy ildiziga, millatimizning boy maʼnaviy asosiga va dunyo mamlakatlarining ilğor tajribasiga asoslangan muhim huquqiy hujjat, taraqqiyotimizning huquqiy asosi, tayançi va eng muhim kafolati bölib xizmat qilmoqda.
Konstitutsiyamizda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burçlari eng ustuvor qoidalar sifatida berilganligi, istiqlolimizning ilk kunidan boşlab amalga oşirilayotgan barça ezgu işlar zamirida "islohot islohot uçun emas, inson uçun, uning farovon hayoti uçun xizmat qilişi kerak”, degan hayotiy tamoyil turgani davlatimiz umuminsoniy qadriyatlarga naqadar sodiq ekanligidan dalolatdir.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida taʼkidlanganidek, "Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida masʼuldirlar”. Uşbu masʼuliyat ayni kunlarda Samarqand va Buxoro viloyatlarida huquqiy ekspertizadan ötkazilayotgan "Davlat hokimiyati va boşqaruvi organlari faoliyatining oçiqligi töğrisida”gi Özbekiston Respublikasi Qonuni bilan yanada mustahkamlanmoqda.
Davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligini, şaffofligini taʼminlaş hamda ularning faoliyatiga oid axborotni keng jamoatçilikka yetkaziş böyiça tumanimizda ham qator amaliy işlar qilinmoqda.
Bugungi kunda tumanimizda 3 ta ommaviy axborot vositalari: "Taraqqiyot közgusi” gazetasi, "Amudaryo televideniyesi” va amunews.uz veb-sayti faoliyat körsatmoqda. Uşbu ommaviy axborot vositalari tumanda davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligini taʼminlaşda muhim vosita bölib xizmat qilmoqda.
Ovul va mahallalarimizda ötkazilayotgan aholi bilan uçraşuvlarda ham tumanimizda barça sohalarda amalga oşirilayotgan işlar xususida tuman hokimi va uning örinbosarlari tegişli muassasa, korxona va taşkilotlar rahbarlari bilan birgalikda aholiga hisobot berib, ularning muammolarini tinglab, ularni hal qiliş çoralari körilmoqda.
Butun mamlakatimizda bölgani kabi tumanimizda ham iqtisodiyotimizni yanada yuksaltiriş, aholi turmuş farovonligini yaxşilaş böyiça qator amaliy işlar qilinmoqda.
Jumladan, sanoat salohiyatini 2013-2015-yillarda rivojlantiriş investitsiya loyihalari işlab çiqilib, bu dasturga jami qiymati 32,7 mln. AQŞ dollari ekvivalentidagi 27 ta loyihalar kiritilib, ularda 478 ta yangi iş örinlari taşkil qiliş belgilab olindi. Dastur ijrosini taʼminlaş maqsadida olib borilgan işlar natijasida joriy yilning ötgan davrida jami 24 ta loyiha amalga oşirilib, 300 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi.
Şuningdek, "Amudaryo tekstil” xorijiy korxonasida ip-kalava işlab çiqariş loyihasi böyiça 28,6 mlrd. söm miqdorida investitsiya kiritilişi belgilangan bölsa, amalda 43,8 mln. AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritilib, hozirgi kunda quriliş işlari davom qildirilmoqda. Bu loyiha yakuniga yetkazilişi natijasida 250 ta yangi iş örinlari yaratiladi.
"2012-2016-yillarda xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş” Dasturiga asosan joriy yil uçun belgilangan xizmat körsatiş va servisni rivojlantiriş parametrlarida jami 69 ta xizmat körsatiş va servis obʼektlari taşkil qiliş, xizmatlar hajmini 99,6 mlrd. sömga, ösim surʼatini 116,3 foizga yetkaziş nazarda tutilgan bölsa, olib borilgan işlar natijasida şu kunga qadar jami 64 ta xizmat körsatiş va servis obʼektlari taşkil qilinib, ularga jami 3 mlrd. 810 mln. söm mablağ jalb qilindi. Xizmat körsatiş obʼektlarini işga tuşiriş natijasida 100 ta yangi iş örinlari yaratildi.
Bandlik dasturi ijrosini taʼminlaş maqsadida olib borilgan işlar natijasida joriy yilning ötgan davri mobaynida rejadagi 4871 ta örniga 4969 ta yangi iş örinlari yaratilib, belgilangan prognoz körsatkiçlari 102,0 foizga bajarildi.
Ijtimoiy sohada ham olib borilgan işlar natijasida joriy yilning ötgan davrida 37,3 ming kvadrat metr uy-joylar, 5,3 km uzunlikdagi gaz tarmoqlari, 39 km. uzunlikdagi içimlik suvi tarmoqlari tortildi.
Tumanimiz fermerlari va qişloq xöjaligi sohasi xodimlarining fidoyi mehnatlari tufayli iqtisodiyotning yetakçi tarmoği bölmiş qişloq xöjaligi sohasida ham katta natijalarga erişilmoqda. Bu yil tumanimiz pillakorlari 243,5 tonna pilla, ğallakorlarimiz 10 ming tonnadan ortiq buğdoy yetiştirdi, şundan 4605 tonna ğalla şartnoma asosida qabul maskanlariga topşirildi. Paxtakorlarimiz 43 ming tonnalik xirmon bunyod etib, mamlakatimizda birinçilardan bölib davlatga paxta sotiş böyiça şartnomaviy rejalarini ortiği bilan bajardilar.
Joriy yilda tumanimizda quriliş sohasida ham qator işlar amalga oşirilmoqda. Qişloq joylarida 70 ta namunaviy loyihalar asosidagi uy-joylar, şuningdek, 360 öquvçi öringa möljallangan transport kasb-hunar kolleji, har biri 50 qatnovga möljallangan 2 ta qişloq vraçlik punktlari, 150 öquvçi öringa möljallangan musiqa maktabi binosi qurib bitkazildi. Şuningdek, bir neça taʼlim muassasalarida kapital taʼmirlaş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirildi.
Ijtimoiy infratuzilmani yaxşilaş maqsadida "Urganç şahri - Manğit şahri - Turkmaniston Respublikasi çegarasi” davlat ahamiyatidagi avtomobil yölining 75,5 - 79 kilometroraliğida 4 mlrd. 270 mln. sömlik, Manğit şahri va qişloqlarda aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş maqsadida jami 4 mlrd. 443 mln. sömlik quriliş va rekonstruktsiya işlari amalga oşirilmoqda.
Inson manfaati, huquq va erkinliklarini taʼminlaşdek eng muhim ustuvor vazifa «Obod turmuş yili» Davlat dasturida ham öz ifodasini topgan. Şu dastur asosida qabul qilingan tuman dasturi böyiça ötgan 11 oy davomida salkam 96,5 milliard söm miqdoridagi mablağ evaziga keng kölamli işlar amalga oşirildi.
Eng muhimi, aytişimiz kerakki, xalqimiz ertangi kunga işonç bilan boqib, mustaqillik bergan imkoniyatlardan foydalangan holda bunyodkorlik va yaratuvçanlik iştiyoqi bilan yaşab, mehnat qilmoqda. Bunday jonkuyar yurtdoşlarimizning fidoyi mehnatlari natijasida mamlakatimiz yanada rivojlanib, aholining turmuş farovonligi tobora ortaveradi.
Fursatdan foydalanib, barça yurtdoşlarimizni va tumanimiz ahlini obod va farovon turmuşimiz asosi bölmiş Konstitutsiyamizning 21 yilligi bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman. Yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo, mustaqilligimiz abadiy bölsin!
Rajabboy YÖLDOŞEV,
tuman hokimi, Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi deputati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶