“Milliy raqslar” tanlovida yoş ijroçilar öz iqtidorlarini namoyiş etdilar
Har bir xalqning raqs anʼanalari, ijro uslubi öz milliyligidan kelib çiqib yaratilgan. Raqs sanʼati Buxoro raqsi, Xorazm raqsi, Farğona raqsi yönalişida şakllanib, zamonaviy sahna talablari asosida qayta işlangan sahnaviy xalq raqsi sifatida rivojlandi. Ötgan davr mobaynida mazkur yönalişlarning har biri bir qança tarixiy bosqiçni bosib ötib, öz şakli şamoyili, mazmuniga ega böldi. Bir qator davlat va xalq raqs jamoalari jahonga tanildi.
Milliy raqs sanʼatini yanada rivojlantiriş borasidagi çora-tadbirlarni amalga oşiriş va raqs böyiça yoşlardagi iqtidorni şakllantiriş, ularni qöllab-quvvatlaş maqsadida tuman Madaniyat bölimi tomonidan ham tögaraklar taşkil etilib, unga köplab yoşlar jalb etilmoqda. Şuningdek, turli tanlov va tadbirlar ötkazilib, katta sahnalarga çiqişlariga imkoniyat yaratilmoqda.
23-noyabr kuni tuman Madaniyat va aholi dam oliş markazida tuman Madaniyat bölimi, Xalq taʼlimi bölimi va Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi hamkorligida “Milliy raqslar” tanlovi ötkazilib, unda tumandagi maktablar öquvçilari iştirok etdilar. Öquvçilar örtasida iqtidorlilarni aniqlaş va milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalaş maqsadida ötkazilgan tanlov guruh raqs va yakka raqs yönalişlarida ötkazildi. Sahna madaniyati, liboslar, raqsning badiiy saviyasi, musiqalar milliyligiga alohida eʼtibor qaratilgan tanlovda guruh raqs yönalişi böiça tumandagi 76- va 40-sonli maktablar raqs jamoalari 1-örin ğolibligini qölga kiritdilar. Yakka raqs yönalişi böyiça esa 76- va 16-sonli maktab öquvçilari 1-örin ğolibi böldilar. Ğoliblar taşkilotçilar tomonidan “Faxriy yorliq” va sovğalar bilan taqdirlandilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶