TOʻY-MAPOSIMLAPNI TAPTIBGA SOLIShDA KEKSA AVLOD VAKILLAPINING OʻPNI QANDAY?
Shu yilning 26-noyabrida Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi va “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi hamkorligida “Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish hamda oilaviy marosimlarni tartibga solishda keksa avlod vakillarining oʻrni” mavzusida seminar oʻtkazildi.
Seminarni Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi oʻrinbosari A.Qoʻshayev ochdi va ishtirokchilarni seminar maqsad-vazifalar bilan tanishtirdi.
Seminarda “Nuroniy” jamgʻarmasi tuman boʻlimi raisi B.Allambergenov “Jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarni milliy qadriyatlarimiz asosida tarbiyalash hamda toʻy-hashamlar, oilaviy tantanalar, diniy marosimlar, oʻtganlarni xotirlashga bagʻishlangan tadbirlarni oʻtkazishni tartibga solish”, Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisining keksalar va nuroniylar boʻyicha oʻrinbosari P.Oʻrozboyev “Oilaviy marosimlarni tartibga solishda fuqarolar yigʻinlari raislarining keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha oʻrinbosarlarining roli”, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi M.Ahmedova “Oiladagi maʼnaviy muhitni yanada yaxshilash, oilaviy marosimlarni ortiqcha dabdabalarsiz oʻtkazishda onalarning roli”, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari A.Qurboniyozov “Jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratining oʻrni”, “Oila” markazi bosh mutaxassisi G.Yusupova “Tarbiyasi ogʻir oʻsmir-yoshlar bilan ishlashishda oila – mahalla, taʼlim muassasasi hamkorligining ahamiyati”, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi A.Matsafoyev “Marhumlarni xotirlashga bagʻishlangan va boshqada oilaviy marosimlarni oʻtkazishda isrofgarchilik va dabdabalarga yoʻl qoʻymaslik lozimligi xususida” maʼruzalar qildilar, shuningdek, Yangiobod MFY raisi Z.Pajabova oʻz mahallasi hududida toʻy-tantanalarni tartibga solish, huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida gapirdi.
Seminarda maʼruzalar tinglanganidan soʻng, ishtirokchilar savollariga javoblar qaytarildi.
Shuningdek, toʻy-tantanalarni tartibga solish, tumanimiz hududini tinch-osoyishta, jinoyatchiliklardan holi hududga aylantirish borasidagi vazifalar belgilab olindi.
O.PAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶