Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi binosi qurilishi boshlandi (+video)
Bugun – 2018-yil 3-dekabr kuni Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi binosi qurilishining boshlanishi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi.
Unda Davlat xizmatlari Agentligi Qoraqalpogʻiston Pespublikasi boshqarmasi boshligʻi Kazbek Artikov, tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev, tuman Davlat xizmatlari markazi direktori Mansur Sodiqov va boshqalar ishtirok etdi.
Tadbirda Prezidentimizning 2017-yil 12-dekabr kungi “Aholiga davlat xizmatlari koʻrsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan mamlakatimizda jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari koʻrsatish tizimi yangi bosqichga koʻtarilgani taʼkidlandi.
Tashrif buyuruvchilarga yanada koʻp qulayliklar yaratish maqsadida bunyod etilayotgan Amudaryo tumani Davlat xizmatlari markazi binosi qurilishining smeta bahosi 2 mlrd. 900 mln soʻmni tashkil qiladi. Bino aholi uchun qulay joyda – Mangʻit shahrining Gurlan koʻchasi, Mangʻit-Gurlan yoʻli boʻyida, Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb-hunar kolleji binosi yaqinida joylashgan.
“Qurilish xizmat” MChJ tomonidan boshlanayotgan qurilish ishlari 2019-yil iyun oyida yakuniga yetkazilishi koʻzda tutilgan. Demak, kelasi yilning 2-yarmidan boshlab tumanimizda jismoniy va yuridik shaxslarga yangi, barcha sharoitlarga ega boʻlgan zamonaviy binoda davlat xizmatlari koʻrsatiladi.
Gʻ.Yeshniyozov

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶