Orzu qildim, askar böldim
Özbekiston Respublikasini himoya qiliş — Özbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burçidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni ötaşga majburdirlar.
Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining
52-moddasi.
Har gal televizor orqali harbiylar hayotiga oid körsatuvlar namoyiş etilsa, iç-içimdan havas qilardim:
- Katta bölsam, albatta Milliy armiya askari bölaman! – derdim ota-onamga.
- Armiyaga hammaniyam olavermaydi, öğlim, tanlab olişadi, - otam "şunga tayyormisan?” - degandaysinovçan gapirardilar. Men şunga intildim. Intilgan – orzusiga albatta yetişarkan. Tinimsiz sport bilan şuğullandim, maktabda va kollejda ilm asoslarini çuqur özlaştirişga harakat qildim. Ötgan çaqiruv mavsumida barça tibbiy, nazariy va taktik köriklardan muvaffaqiyatli ötib, 2013-yilning 18-fevral kuni harbiy xizmatga jönab ketdim.
Mana, salkam bir yildan beri Andijon şahridagi umumqöşin tarkibiga kiruvçi harbiy qismlardan birida öz fuqarolik burçimni ado etayapman. Şuni quvonç bilan aytamanki, harbiy xizmat meni eng avvalo şaxs sifatida har tomonlama tobladi: dunyoqaraşim, fikrlaş qobiliyatim kengaydi, hatto nazariy bilimlarni, harbiy-jismoniy maşqlarni egallaş borasida ham aqlan, ham jismonan va maʼnan ulğaydim. Endilikda siyosiy mavzudagi maşğulotlarda ham, harbiy maşqlarni bajarişda ham, jangovar sinov maydonlarida ham umuman qiyinçilik sezmayman. Şunday paytda muhtaram Prezidentimizning biz yoşlarga qarata aytgan daʼvatkor sözlarini qayta-qaytaeslayman:
" – Askar kiyimini kiyib, harbiy xizmatni ötagan matonatli yigitlarning barçasi mening bolalarimdir!”
Men askar bölib, öz Konstitutsiyaviy burçimni ado etişga erişayotganimdan, Özbekiston Respublikasi Davlat ramzlari qarşisida tiz çökib, Özbekiston bayroğini öpib, har bir yigit uçun orzu bölgan Qasamyodni qabulqilganimdan baxtiyorman. Hozirgi kunda ham öz postida sergak askar sifatida dilimda Qasamyodim bilan ona Vatanim sarhadlarini himoya qilişdek şarafli burçimni ado etayotirman. Barça tengdoşlarimni, ona xalqimni, aziz Amu elimni, ota-onam va ustozlarimni 8-dekabr – Konstitutsiya kuni bilan samimiy tabriklayman.
Akbarjon Kamolov,
oddiy askar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶