AMUDARYoDA 2018-YILNING 11 OYIDA 1232 TA YaNGI ISh OʻRINLARI YaRATILDI
Amudaryo tumanida 2018-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi boʻyicha 1240 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirgan edi. Yilning oʻtgan oʻn bir oyi mobanida 1232 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bu ish oʻrinlariga joylashganlarning 389 nafari ayollar, 549 nafari yoshlardir.
Bandlikka koʻmaklashish markaziga 2018-yil 11 oy davomida 3551 nafar fuqarolar ish soʻrab murojaat qilgan. Faol ish qidiruvchilarning 1411 nafari, yaʼni 48,9 foizi markaz tomonidan ishga joylashtirildi, 2117 nafari jamoat ishlariga jalb etildi.
2018-yil 11 oyi davomida 11-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari, shu jumladan, 2 tasi Nukus shahrida maxsus oʻtkazildi. Tadbirlar davomida 244 nafar, shundan 73 nafar ayollar, 103 nafar yoshlarga ishga yoʻllanmalar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶