Amudaryo tumanida boʻsh turgan 35 obʼektda 4 mlrd. 100 mln. soʻmlik investitsiya evaziga 66 ta yangi ish oʻrni yaratiladi
Tumanda iqtisodni yanada yuksaltirish, aholi farovonligini oshirish, yangi ish oʻrinlarini yaratish maqsadida hududdagi boʻsh turgan binolar, qurilishi tugallanmagan obʼektlar va foydalanilmayotgan yer maydonlaridan samarali foydalanishni yoʻlga qoʻyish koʻzda tutilmoqda. Shuningdek, mazkur obʼektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.
Tumanda jami 191 ta boʻsh turgan bino, qurilishi tugallanmagan obʼekt va 68,4 gektar foydalanilmayotgan yer maydonlari mavjud. Mazkur obʼektlarning 24 tasi davlat mulki, 5 tasi davlat ulushi mavjud obʼektlar, 2 tasi avval xususiylashtirilgan, 136 tasi mulkdorlar tomonidan qurilgan obʼektlar va 17 tasi jamoat va shirkat xoʻjaliklaridan sotib olingan obʼektlardir.
Hududdagi avval xususiylashtirilgan va bugungi kunda boʻsh turgan 35 ta obʼektlarga 4 mlrd. 100 mln. soʻm investitsiya kiritish evaziga tumandagi investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish kompleksi tomonidan 66 ta yangi ish oʻrinlari tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶