AMUDARYo MELIOPATsIYa VA SUV XOʻJALIGI KASB-HUNAR KOLLEJI BOʻYIChA
Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kollejida 7 ta yoʻnalishda jami 362 nafar oʻquvchilarga kasb-hunar oʻrgatilmoqda.
Oʻquvchilar olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllab kasb malakasiga ega boʻlishlari uchun toʻliq jihozlangan kompyuter sinfi, chilangarlik, tikuvchilik, elektr gaz payvandlash, avtomobillarga texnik xizmat koʻrsatish ustaxonalari, yoʻl harakati qoidalari va harakat xavfsizligi xonasi oʻquvchilar ixtiyorida.
Joriy yilda muassasani bitirgan 235 nafar oʻquvchilarning 69 nafari oʻz egallagan mutaxassisliklari boʻyicha, 120 nafari mutaxassisligiga yaqin boʻlgan sohalarga ishga joylashdilar, 3 nafari mamlakatimizning turli hududlaridagi oliygohlarga oʻqishga kirdilar.
Oʻquvchilar sport musobaqalarida faol qatnashib, doimo sovrinli oʻrinlarni egallab kelishmoqda.
Muassasaning Yoshlarni chaqiriqqa qadar boshlangʻich tayyorlash rahbari Laziz Matsafoyev rahbarligidagi 10 nafar oʻquvchidan iborat “Yosh chegarachilar” guruhi harbiy vatanparlik musobaqasining Qoraqalpogʻiston Pespublika bosqichida gʻolib boʻlib, Chirchiq shahrida boʻlib oʻtgan final bosqichida faol qatnashdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶