“DONO BILIMDONLAP” PESPUBLIKA TANLOVINING TUMAN BOSQIChI OʻTKAZILDI





“Dono nashriyoti” masʼuliyati cheklangan jamiyati, bolalar va oʻsmirlar uchun chop etiladigan jurnallar tahririyatlari jamiyat hayotida ezgu qadriyat va anʼanalarni chuqur qaror toptirishga, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy-intellektual salohiyati, ongu tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda, ona Vatani va xalqiga muhabbat, sadoqat bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega boʻlgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratib, bu borada hamkor tashkilotlar bilan turli loyihalarni amalga oshirib kelmoqda. Xususan, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Pespublika xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligi bilan umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida milliy va jahon adabiyoti durdonalarini keng targʻib etish maqsadida oʻtkazilayotgan adabiyot yoʻnalishidagi “Dono bilimdonlar” respublika tanlovi shular jumlasidandir.
Oʻquvchi-yoshlar orasida ona tili va adabiyotiga boʻlgan qiziqishni oshirish, davlat tiliga hurmat ruhini yuksaltirish,kitobxonlik madaniyati, notiqlik sanʼati, jamoa boʻlib ishlash koʻnikmalarini yuksaltirish maqsadida tashkil etilayotgan ushbu tanlov toʻrt bosqichda – avvalo sinflararo, (sinf jamoasi tuman, shahar bosqichiga tavsiya etiladi), keyinchalik tuman, viloyat va respublika bosqichlarida oʻtkaziladi. Har guruhda 5 nafardan oʻquvchi ishtirok etadi.
Tanlov 5 ta shart boʻyicha oʻtkaziladi. Birinchi shartda 5-9-sinflar adabiyot darsliklari asosida har bir jamoa uchun 5 ta test savollari tarqatiladi. Javoblar uchun 5 daqiqadan vaqt ajratiladi. Ikkinchi shartda berilgan aralash harflardan yashirin soʻz topilishi kerak. Topilgan soʻzdagi harflar ishtirokida va faqat shu harflarni takror qoʻllab, yangi soʻzlar hosil qilinishi kerak. Har bir hosil qilingan yangi soʻz 2 ball tizimida baholanadi. Kalit soʻzni topolmagan jamoadan 5 ta soʻz olib tashlanadi. Eng koʻp soʻz topgan jamoa ushbu shartda gʻolib hisoblanadi. Uchinchi shartda oʻquvchilar faqat darslikka kiritilgan shoirlarimiz ijodi (sheʼr, gʻazal, va ruboiylar)dan yoddan ifodali oʻqib berishlari kerak. Toʻrtinchi shartda sahna koʻrinishi, monolog, qoʻshiq, raqs va boshqalarni (sheʼr hisobga olinmaydi) mahorat bilan ijro etishlari, oʻquvchilarning chiqishlari 10 daqiqadan oshmasligi kerak. Beshinchi shart esa “Kim koʻp sheʼr biladi?” deb nomlanadi. Ushbu shartda oʻquvchilar milliy sheʼriyatimizning istagan vakillari sheʼrlaridan 4 misradan yoddan ifodali oʻqishlari, bundan avvalgi ishtirokchi oʻqigan sheʼr qaysi harfdan toʻxtagan boʻlsa, navbatdagi ishtirokchi shu harfdan boshlanadigan misra bilan sheʼrxonlikni davom ettirishi kerak. Muallifi maʼlum boʻlgan sheʼrlar hisobga olinadi. Oʻquvchilarning oʻz ijod namunalari yoki noaniq sheʼrlar hisobga olinmaydi. Bir sheʼrni takror oʻqigan yoki besh soniyadan ortiq toʻxtab qolgan qatnashchi oʻyindan chiqadi, oxirida qolgan ishtirokchi gʻolib hisoblanadi.
Tanlovning maktablardagi sinflararo bosqichi gʻoliblari esdalik sovgʻalari bilan, tuman bosqichi gʻoliblari 1 mln. soʻmlik sertifikat va diplom, “Milliy entsiklopediya” toʻplami bilan, viloyat bosqichi gʻoliblari 3 mln. soʻmlik sertifikat va diplom, 5 ta velosiped, respublika bosqichi gʻoliblari (ushbu bosqichda viloyat bosqichida faqat birinchi oʻrinni egallagan gʻolib jamoalar ishtirok etadi) “Damas” avtomashinasi bilan taqdirlanadi.
Shuningdek tanlovning tuman, viloyat, respublika bosqichida ikkinchi, uchinchi oʻrinlarni egallagan jamoalar ham munosib taqdirlanadilar.
Shu yilning 20-dekabrida mazkur tanlovning tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Malakali mutaxassislardan tarkib topgan hakamlar hayʼati oʻquvchilarning iqtidori va bilimini odilona baholab bordilar.
Qizgʻin kechgan bellashuvlar natijasiga koʻra, 76-sonli maktab jamoasi birinchi, 29-sonli maktab jamoasi ikkinchi, 12-maktab jamoasi uchinchi oʻrinlarni qoʻlga kiritdilar.
Aytish joizki, taʼlim tizimida ilk bora oʻtkazilayotgan “Dono bilimdonlar” respublika tanlovi oʻquvchilar orasida ulkan qiziqish uygʻotmoqda.
Oygul Pajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶