Oʻz tadbirkorligini boshlayotgan Xotin-qizlar uchun seminar
Prezidentimizning 2018-yil 2-fevraldagi “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni va ushbu Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida ishlab chiqilgan “Xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish, xotin-qizlarning oʻz qobiliyat va iqtidorlarini namoyon etishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan xotin-qizlar uchun seminar-treninglar, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari tashkil etilishi xotin-qizlar faolligini oshirishda muhim omil boʻlmoqda.
Yaqinda tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi tashabbusi bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida boʻlgan xotin-qizlar uchun “Oʻz tadbirkorligingni boshla!” shiori ostida tashkil etilgan seminarda tadbirkorlik faoliyatini yuritish istagida boʻlgan ayol-qizlar ishtirok etdilar.
Seminarda tijorat banklari, Soliq inspektsiya, davlat xizmatlari agentligi “Tadbirkor ayol” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat Palatasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman Markazi rahbarlari hamda yetakchi mutaxassislari oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar va seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javob berdilar.
Seminar yakunida oʻz tadbirkorligini yuritish istagida boʻlgan 23 nafar xotin-qizlarga sertifikatlar topshirildi.
Dildora ABDURAHMONOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶