Nogironlar kuniga bagʻishlangan davra suhbati
3- dekabr kuni Amudaryo tumanidagi Uyshin mahalla fuqarolar yigʻinida Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan “Mehr muruvvat – noyob fazilat” mavzusida davra suhbati oʻtkazilib, unda mahalla faollari, 27- sonli maktab oʻqituvchilari va oʻquvchilari ishtirok etdilar.
Nogironlar kuniga bagʻishlangan ushbu tadbirda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S. Nametov mamlakatimizda nogironlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar haqida gapirdi.
Shundan keyin Uyshin MFY raisi M. Qoʻchqorov soʻzga chiqib, mahallada tibbiy yordamga muhtoj kishilarga yordam koʻrsatilayotgani, nogiron bolalarga uylarida taʼlim berilayotgani toʻgʻrisida, bu ishlarni amalga oshirishda mahalla fuqarolar yigʻini tomonidan ham bir qancha ishlar amalga oshirilayotgani haqida gapirdi. Davra suhbati yakunida ishtirokchilar savollariga javoblar berildi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶