28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:05
Jamiyat 👁 2,811

Oʻrmonlar ekologiya musaffoligiga xizmat qiladi

Oʻrmonlar ekologiya musaffoligiga xizmat qiladi

Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining

50-moddasi.


Hozirgi davrda jahon jamoatchiligini xavotirga solayotgan global muammolardan eng yirigi - yer yuzining barcha mintaqalarida sodir boʻlayotgan ekologiya muammolaridir. Bu eng avvalo rivojlangan mamlakatlardagi ming-minglab sanoat korxonalarining qattiq, suyuq va gaz holatidagi zaharli chiqindilarning milliard tonnalab uyumlari, qurilish, xoʻjalik, texnikaviy va maishiy chiqindilar, bundan tashqari, transport vositalari motorlaridan chiqayotgan zaharli gazlar, turli mintaqalardagi oʻrmonlar yongʻinidan chiqayotgan zaharli tutunlar albatta, atmosfera havosining musaffoligiga jiddiy putur yetkazib, azon qatlamining yupqalashishiga va hatto baʼzi oʻrinlarda teshilib, katta-katta tuynuklar hosil boʻlishiga, atmosfera ekologiyasi holati va muvozanatining buzilishiga, toza havomizning bulgʻanishiga olib keladi. Atmosfera va biosferamizda yuzaga kelgan bu ogʻir ekologik muammolar yuki biz insonlar zimmasidadir. Bunda, albatta, biz oʻrmonchilar zimmasida ekologiyamiz musaffoligi uchun kurashish vazifasi turganligini bir daqiqa boʻlsa-da unutmasligimiz kerak. Chunki oʻrmonlarga atmosferani kislorod bilan boyituvchi asosiy manba sifatida qarab, oʻrmon xoʻjaliklarini rivojlantirish bugungi kundagi dolzarb vazifadir. Mamlakatimizda oʻrmon xoʻjaliklarini yanada rivojlantirish, uning oʻsimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligini boyitish, yangi madaniy oʻrmonzorlarni kengaytirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 26-avgustda chiqarilgan "Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 243-qaroriga muvofiq "Qipchoq” davlat oʻrmon xoʻjaligining asosiy oʻrmon bilan qoplangan maydonlaridan 3536,5 gektari davlat biosfera rezervati tasarrufiga oʻtkazildi va oʻrmonzorlar ustidan davlat nazorati kuchaytirilib, oʻsimliklar va hayvonot dunyosi bioxilma-xilligi muhofazasi yaxshilandi. Bioxilma-xillikni yanada boyitish boʻyicha yangi istiqbolli loyihalar ishlab chiqilmoqda va bu loyihalarni amalga oshirish uchun puxta zamin hozirlanmoqda. Shu jumladan qoʻshni Beruniy tumanidagi "Baday toʻqay” qoʻriqxonasidagi xongul, yaʼni Buxoro bugʻularining meʼyordan ortiq koʻpayib ketishi munosabati bilan ularning bir qismini biosfera rezervati tasarrufidagi "Bekboy toʻqay” toʻqayzorlariga oʻtkazish loyihasi amalga oshirilish arafasida. Ayni kunda biosfera rezervati hisobidagi "Bekboy toʻqay”da juda kam, noyob parranda qushiga aylangan qirgʻovullarning va boshqa mayda qushlarning hamda toʻngʻiz, quyon, boʻrsiq, shoqol, yovvoyi mushuk, tipratikon va boshqa yovvoyi hayvonlarning koʻpayayotganligi bugungi kunda yaqqol sezilmoqda. Bu albatta mazkur toʻqayzorlarda oʻsimliklar dunyosining boyiyotganidan, qushlar va turli yovvoyi hayvonlarning koʻpayishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratilayotganidan darak beradi. Kelgusida biosfera rezervatiga taalluqli boʻlgan toʻqayzorlarning avaylab-asralishi va rivojlantirilishi natijasida bu maskanlardagi flora va fauna olami yanada boyiydi.

Tabiiy oʻrmonzorlarni asrash, muhofaza qilish va rivojlantirish barobarida madaniy oʻrmonzorlarni barpo qilish biz oʻrmonchilar zimmasidagi muhim vazifadir. Joriy 2013-yil erta koʻklamda madaniy oʻrmonzorlar barpo qilish uchun 33 gektar maydon hozirlandi. Shundan 30 gektari qumloq hududlarga toʻgʻri kelganligi bois saksovul nihollari ekildi. Qolgan 3 gektar yerga nektarbop yapon saforasi va jiyda koʻchatlari ekilib, parvarish qilinmoqda. Kelgusida madaniy oʻrmonzorlar maydonini yanada kengaytirish va mevali bogʻlar barpo qilish istiqboldagi rejalarimizdir.

Farhod Matkarimov,

"Qipchoq” davlat oʻrmon xoʻjaligi bosh oʻrmonbegi.
(Foto - http://eco.uz)
🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026