Jamiyat
👁 597
Amudaryoda kam taʼminlangan oilalarga qoramol berildi
25-dekabr kuni Doʻrman ovulida kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlashga bagʻishlangan tadbir oʻtkazildi. Unda Yoʻldosh Oʻrozboyev nomli MMTP raisi Qurbangʻali Beshbayev soʻzga chiqib, ovul hududidagi 4 ta kam taʼminlangan oilalar rahbarlariga hududdagi fermerlari nomidan qoramol sovgʻa qildi.
Tadbirda ovul fuqarolari Oʻrozboy Otajonov va Mahmud Qushchanovlar soʻzga chiqishib, tuman rahbarlaridan va saxovatpesha fermerlardan minnatdor ekanliklarini izhor qildilar.
Ushbu tadbirda tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev ishtirok qildi va ovul aholisini yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramlari bilan muborakbod etdi.

A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶