OʻzLiDePning tuman Kengashi Oʻzbekiston miqyosidagi tanlovda diplom bilan taqdirlandi
27-28-dekabr kunlari Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati OʻzLiDeP siyosiy Kengashi binosida “Eng namunali tuman (shahar) partiya tashkiloti”, “Eng namunali boshlangʻich partiya tashkiloti”, “Xalq deputatlari tuman (shahar) kengashlarida Eng faol deputat” koʻrik-tanlovlarining Oʻzbekiston Respublikasi bosqichi boʻlib oʻtdi.
Bu tanlov ham raqobat, ham ulkan tajriba maydoniga aylandi. Chunki ushbu tanlovda partiyaning ishni yaxshi tashkil qilgan tuman va shahar apparatlari rahbarlari, boshlangʻich partiya tashkilotlari rahbarlari hamda deputatlar ishtirok qilishib, oʻz tajribalarini namoyish etishdi.
Tanlovda OʻzLiDePning Amudaryo tuman Kengashi “Aholining murojaatlarini hal etishda faollik koʻrsatgan tuman Kengashi” nominatsiyasi boʻyicha diplom bilan taqdirlandi.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶