28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 20:06
Siyosat 👁 3,581

Muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon yakunlandi

Muhim ijtimoiy-siyosiy jarayon yakunlandi

 «Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida»gi, «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qonunlariga muvofiq, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilarining vakolat muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylarida tugashi munosabati bilan shu yil 12-noyabrdan 7-dekabrgacha tumanimizdagi fuqarolar yigʻinlarida saylovlar boʻlib oʻtdi.

Tumanda 1 ta shaharcha, 16 ta ovul, 19 ta ovullar tarkibidagi mahalla va shahardagi 11 ta mahalla fuqarolar yigʻinlarida boʻlib oʻtadigan saylovlarda 47 nafar fuqarolar yigʻini raislari hamda 420 dan ziyodroq oqsoqol maslahatchilari saylanishi rejalashtirilgan edi.

Saylovga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida 2013-yilning 5-8-oktyabr kunlari tumandagi barcha fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha fuqarolar vakillari yigʻilishlari boʻlib oʻtdi. Fuqarolar vakillari yigʻilishlarida «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida»gi Qonunning 14-moddasiga asosan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazish boʻyicha har biri 7 kishidan iborat tarkibda ishchi guruhlar tuzildi.

2013-yil 9-oktyabr kuni tuman komissiyasi tomonidan fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga shaharcha, mahallalar va ovullar fuqarolar vakillarining yigʻilishlariga vakillik normasi belgilandi.

Tuman komissiyasi raisi tomonidan 3-7-oktyabr kunlari 4 joyda, hududlar boʻyicha "Qilichboy” ovul fuqarolar yigʻini binosida 10 ta fuqarolar yigʻinlari, "Chordara” mahalla fuqarolar yigʻini binosida 16 ta fuqarolar yigʻinlari, Z.M.Bobur ovulidagi Amudaryo melioratsiya va suv xoʻjaligi kasb-hunar kolleji binosida 11 ta fuqarolar yigʻinlari, "Qipchoq” ovulidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kolleji binosida 10 ta fuqarolar yigʻinlari xodimlari bilan «Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining asosiy qoidalari, fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga doir asosiy vazifalar, ishchi guruhlar tuzish, shuningdek ularning ishini tashkil etish mexanizmlari toʻgʻrisidagi mavzu boʻyicha oʻquv-seminarlar tashkil qilindi.

2013-yilning 12-oktyabr kunidan boshlab fuqarolar vakillarini saylash yuzasidan aholi punktlari va koʻchalarda aholining umumiy yigʻilishlari oʻtkazilib, bu yigʻilishlar 25-oktyabr kuni yakunlandi. Jami tuman boʻyicha 108603 nafar ovoz berish huquqiga ega boʻlgan aholi aniqlanib, aholi punktlari va koʻchalarda 464 joyda aholining umumiy yigʻilishlarida 63648 nafar aholi ishtirokida fuqarolar vakillari saylash yigʻilishlarida hamda ovullar tarkibidagi mahalla fuqarolar vakillari yigʻilishlarida vakillar saylash yigʻilishlari oʻtkazilib, ularda jami 2740 nafar fuqarolar vakillari saylandilar.

2013-yil 24-oktyabr kuni Qoraqalpogʻiston Respublikasi komissiyasi tomonidan tashkil etilgan "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovining tashkiliy va huquqiy asoslari” mavzuida seminar kengashda tuman komissiyasi raisi, tashkiliy-nazorat guruhi rahbari va tumandagi barcha ishchi guruhlar rahbarlari ishtirok qildilar.

Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi boʻyicha vakillar yigʻilishini oʻtkazish 2013-yilning 12-noyabridan boshlab 7 dekabrda yakunlandi. Ishchi guruhlar tomonidan fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga 117 nafar nomzodlar koʻrsatildi. Ishchi guruhlar tomonidan koʻrsatilgan nomzodlar hujjatlari tuman hokimi tomonidan koʻrib chiqilib, "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Qonunning 17-moddasi talablariga toʻliq javob berishi bildirilib, 117 nafar fuqaroga fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) lavozimiga nomzod etib kiritishga kelishim berildi.

Tuman boʻyicha jami 47 ta fuqarolar yigʻinlarida yigʻin raisi (oqsoqoli) va ularning maslahatchilari saylovi yigʻilishlarida vakil boʻlib saylangan jami 2740 nafar vakillardan 2402 nafari bevosita saylovlarda ishtirok qildilar. Yaʼni, jami vakillarning deyarli 87,6 foizi qatnashdilar.

Saylangan 47 nafar fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari)ning 41 nafari yoki jami oqsoqollarning 87,3 foizini oliy maʼlumotlilar, 6 nafari yoki 12,7 foizini oʻrta-maxsus maʼlumotlilar tashkil qiladi.

Saylov boʻlib oʻtgan 47 ta fuqarolar yigʻinlarida 31 nafar yigʻin raisi lavozimiga qayta saylandi. 16 ta fuqarolar yigʻinlarida fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) yangidan saylandi.

Yigʻin raisi vazifasiga saylanganlar orasida 17 nafari muhandislar, 16 nafari oʻqituvchilar, 1 nafari shifokor, 3 nafari agronomlar va 10 nafari boshqa mutaxassislarni tashkil etadi. Ularning 6 nafari 40 yoshgacha, 12 nafari 40-50 yosh oraligʻidagi, 24 nafari 50 yoshdan 60 yoshgacha va 5 nafari 60 yoshdan yuqori kadrlardir. Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari boʻlgan fuqarolar yigʻinlari raislari esa 2 nafarni tashkil qiladi.

Fuqarolar yigʻini raislarining 420 nafar maslahatchilari saylanib,  ular orasida birinchi marotaba saylanganlar 249 nafarni yoki jami maslahatchilarning 59,3 foizini tashkil qildi.

Fuqarolar yigʻinlari raislarining 420 nafar maslahatchilarining 222 nafari yoki maslahatchilar jami sonining 52,9 foizi oliy maʼlumotlilar, 118 nafari yoki 28,1 foizi oʻrta maxsus maʼlumotlilar, 80 nafari yoki 19 foizi oʻrta maʼlumotlilardir. Saylangan maslahatchilarning 98 nafari ayollarni tashkil etadi. Yigʻin raisi maslahatchisi lavozimiga saylangan 4 nafar shaxslar xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlaridir.

Saylovlar jarayonida siyosiy partiyalarning faolligi yanada oshdi. Fuqarolar yigʻinlarining 47 nafar raislarining 11 nafari Oʻzbekiston xalq-demokratik partiyasi, 5 nafari tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasi, 1 nafari Oʻzbekiston "Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda 3 nafari Oʻzbekiston "Milliy tiklanish” demokratik partiyasi aʼzolaridir. 27 nafar yigʻin raisi esa partiyasiz.

"Tosh yop”, "Nazarxon” va Kuyuk koʻpir ovul fuqarolar yigʻinlari, Namuna, Bosuv, Durunki, Ayoqchi, Qum yop, Doʻstlik va Olmazor mahalla fuqarolar yigʻinlarida ishchi guruh tomonidan saylovlarga yuqori darajada tayyorgarlik koʻrilib, uning uyushqoqlik bilan, koʻtarinki ruhda oʻtganini taʼkidlash lozim.

Saylov yakunlanar ekan, bu yilgi saylovlarning oldingilardan qanday farqli jihatlari boʻldi, degan haqli savol tugʻiladi.

Birinchidan, joriy yilgi saylovlar tumanimizda fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligi ancha oshganini koʻrsatdi.

Ikkinchidan, bu saylovlar Yurtboshimizning qonunchilik tashabbusi huquqiy subʼekti sifatida "Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Kontseptsiyasi”da bergan takliflari asosida ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi "Fuqarolar yigʻini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga koʻra oshkoralik, muqobillik va teng saylov xuquqi tamoyillari asosida hamda qonunlar normalarining talablariga muvofiq davlat va jamiyat qurilishining barcha jabhalarini demokratlashtirish va liberallashtirish, kuchli fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonlari chuqurlashib borayotgan, sifat jihatdan yangi ijtimoiy-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy jarayonda amalga oshirildi.

Uchinchidan, Prezidentimiz tashabbusi bilan kiritilgan oʻzgarishlar va qoʻshimchalar asosida qabul qilingan yangi tahrirdagi "Fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida”gi Qonunga muvofiq endilikda fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari zimmasiga aniq yoʻnaltirilgan asosda aholini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, mahallani xususiy tadbirkorlik va oilaviy biznesni rivojlantirish markaziga aylantirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish va eng asosiysi, hududda ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash, yoshlarni "ommaviy madaniyat”ning zararli taʼsiridan saqlash, yosh oilalarning jamiyatda mustahkam oʻrin egallashlarida yelkadosh boʻlish, bu borada ularga zarur koʻmak va maslahat berish ishlariga boshchilik qilish kabi qator muhim vazifalarning bajarilishini taʼminlash masʼuliyati yuklatildi.

Toʻrtinchidan, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari oldida turgan vazifalarni bajarishda yigʻin raisi lavozimiga koʻrsatilayotgan nomzodlardan tashkilotchilik qobiliyatiga ega boʻlish talab etildi. Chunki, Prezidentimiz taʼkidlaganidek "Islohotlarning muvaffaqiyati kadrlar malakasiga, ularning tashkilotchilik qobiliyatiga, yangicha fikrlashiga bogʻliq ekanini xammamiz yaxshi bilamiz. Rahbarlarning barcha boʻgʻinlariga insofli, diyonatli, halol va pok, talabchan va qatʼiyatli, xalqparvar insonlar boshchilik qilmasa, koʻzlangan maqsadga erishib boʻlmaydi”.

Shu maʼnoda olib qaraganda, joriy yilgi saylovlarda fuqarolar yigʻini raisi va uning maslahatchilari sifatida yangilikka chanqoq, zamon talabini chuqur anglagan holda fidoyilik bilan mehnat qiladigan, tashkilotchilik qobiliyatiga ega fuqarolar saylandi, deb oʻylaymiz va ularning kelgusi faoliyatida omadlar tilaymiz.

 

Rustam Roʻzmetov,

fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari saylovini tashkil etish hamda oʻtkazishga koʻmaklashuvchi tuman komissiyasi raisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026