Yoshlar – ona yurt fidoyilari
Yoshlarni istiqlol gʻoyalariga sadoqat, ona Vatanga muhabbat, milliy gʻurur tuygʻulari asosida tarbiyalash, ularning oʻz iqtidor va qobiliyatlarini namoyon etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish – Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining eng muhim va dolzarb vazifasiga aylandi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining 177 ta boshlangʻich tashkiloti boʻlib, 20 ming 395 nafar yoshlar ittifoq, 26 ming 292 nafar bolalar “Kamalak” tashkiloti aʼzolaridir.
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan 2018-yilda 171 nafar yoshlar ishga joylashtirildi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlar bilan 13-marta, uyushmagan yoshlar bilan 38-marta ochiq muloqotlar oʻtkazilib, bu muloqotlarda 2 ming 600 dan ortiq yoshlar qamrab olindi va 115 nafar yoshlarning muammolari hal qilindi.
Yoshlar ittifoqi tomonidan imkoniyati cheklangan, kam taʼminlangan oilalar farzandlari, shuningdek, ijtimoiy muammolari mavjud yoshlar roʻyxati shakllantirilib, 4 nafariga nogironlik aravachasi, 3 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 4 nafariga oʻquv qurollari, 5 ta oʻquv doskasi berilib, 1 hovli fasadi taʼmirlab berildi, kam taʼminlangan yoshlar uchun turli tarixiy obidalarga sayohatlar uyushtirilib, 3 nafariga tikuv mashinasi berildi va boshqa amaliy yordamlar ham koʻrsatildi.
Qipchoq ShFY yoshlarining boʻsh vaqtlarida sport bilan shugʻullanishi uchun “Street work out” sport maydonchasi qurilib, foydalanishga topshirildi.
Tumanimizda 120 nafar yosh tadbirkorlar faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2 nafariga 110 mln. soʻm, 5 nafariga 690 mln. soʻm imtiyozli kredit uchun tavsiyanomalar berildi.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi huzuridagi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasining tuman filiali tomonidan 421 ta doimiy ish oʻrinlar yaratilishi koʻzda tutilmoqda. Shu kunga qadar jami 13 ta loyihaga 3 mlrd. 309 mln. soʻmlik imtiyozli kredit ajratilgan boʻlib, 13 nafar tadbirkor oʻz faoliyatini boshlagach, 205 ta yangi ishchi oʻrni yaratilishi koʻzda tutilmoqda.
“Yoshlar – kelajak bunyodkori” shiori ostida oʻtkazilgan mehnat yarmarkasida 35 nafar yoshlar ishga joylashdilar. “Uyushmagan yoshlar bilan ishlash haftaligi” loyihasi doirasida 12 ta tadbir oʻtkazildi. Haftalik davomida 6 nafar yoshlarga imtiyozli kreditlar olishi uchun tavsiyanomalar berildi, 13 nafar yoshlarning bandligi taʼminlandi.
Bundan tashqari, ishsiz yoshlarni mavsumiy ishlarga jalb qilish maqsadida 900 nafardan ortiq vaqtincha band boʻlmagan yoshlarni (18-30 yosh) birlashtirgan “Fidoyi yoshlar otryadi” tashkil etildi. “Fidoyi yoshlar otryadi” aʼzolaridan 150 nafari tumanimizning chekka hududida joylashgan “Nazarxon” ovul fuqarolar yigʻinida 15 kun davomida dehqon va fermerlar tomonidan yetishtirilgan paxta hosilini nest-nobud qilmasdan qisqa muddatlarda yigʻib-terib olish ishlariga oʻz hissalarini qoʻshdilar.
Respublika Yoshlar markazi tuman boʻlinmasi tomonidan ingliz tili, rus tili, kompyuter savodxonligi, tikuvchilik va pazandalik yoʻnalishlari boʻyicha 5 ta toʻgarak tashkil qilinib, shu kunga qadar 832 nafar yoshlar mazkur oʻquv kurslarni tamomladilar, hozirgi kunda toʻgaraklarda 240 nafardan ortiq yoshlar taʼlim olishmoqda.
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan 2018-yil yanvar-noyabr oylari davomida hududda joylashgan tarixiy obidalar, ziyoratgohlar hamda muzeylarga sayohatlar tashkil etilib, ularga 950 nafardan ortiq faol va mahallalardagi uyushmagan yoshlar jalb qilindi.
2018-yil mart oyida Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi tashabbusi bilan Mangit.uz sayti oʻz faoliyatini boshladi.
2017-2018 oʻquv yilida 4 nafar yoshlar yetakchilari yuqori lavozimlarga tayinlandi. 2 nafar yoshlar yetakchilari Ittifoqning tuman Kengashiga, 1 nafar yoshlar yetakchisi “Yoshlar – kelajagimiz” jamgʻarmasi tuman filiali rahbarligiga, 1 nafari davlat boshqaruvi organlariga masʼul lavozimlarga tayinlandi.
Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi tomonidan maʼnaviy-maʼrifiy yoʻnalishda 210 ga yaqin targʻibot ishlari, adabiy kechalar, xayriya ishlari, festivallar oʻtkazilib, ularga 18 ming 600 dan ortiq yoshlar qamrab olindi.
Sport yoʻnalishi boʻyicha 330 ga yaqin tadbirlar tashkil etilib, 2 ming nafar yoshlar jalb etildi.
2 ming 700 nafar yoshlar ishtirokida 128 ta targʻibot kechalari, minisessiyalar, davra suhbatlari va aktsiyalar oʻtkazildi.
“Kamalak” bolalar tashkiloti tomonidan 2018-yil davomida 30 dan ortiq koʻrik-tanlovlar, 57 ta adabiy va badiiy kechalar, 100 dan ortiq seminar-treninglar oʻtkazilib, 7 ming nafardan ortiq oʻsmirlar qamrab olindi.
“Kamalak” bolalar tashkilotining ish faoliyatini jonlantirish maqsadida 3 nafar Sardorlar kengashi aʼzolariga velosipedlar taqdim etildi.
Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi kelajagimiz egalari boʻlgan yoshlarning eng yaqin maslakdoshi sifatida kelgusi yilda yoshlarga yanada yaqinroq boʻlish maqsadida yangi-yangi rejalar tuzmoqda.
Mahmud Shermetov,
Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶