2018-YILDA AMALGA OShIPILGAN IShLAP SAPHISOBI: Tibbiyot
2018-yil davomida tuman Tibbiyot birlashmasi tarkibidagi jami 1255 qatnov-quvvatiga ega boʻlgan ambulatoriya-poliklinika muassasalari – yaʼni 1 ta koʻptarmoqli markaziy poliklinika, 7 ta qishloq oilaviy poliklinikasi, 2 ta qishloq vrachlik punkti orqali aholiga sifatli tibbiy xizmat koʻrsatildi.
Yil davomida 297 nafar oliy maʼlumotli shifokorlar (har 10 ming nafar aholiga 15,2 nafardan), 1 ming 150 nafar oʻrta tibbiyot xodimlari (har 10 ming nafar aholiga 58 nafar) samarali faoliyat yuritib, aholi salomatligini saqlashda kamarbasta boʻlib kelmoqdalar.
Tuman Tibbiyot birlashmasi markaziy shifoxonasida 379-oʻringa moʻljallangan statsionar xizmat koʻrsatish boʻlimlari mavjud. Mazkur statsionar xizmat koʻrsatish boʻlimlarida 2018-yil davomida 25 ming nafardan ortiq kishi davolanib, sogʻlomlashtirildi.
Yil davomida 3145 nafar nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻtkazilib, kasallik aniqlangan yoshlarni sogʻlomlashtirish choralari koʻrildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶