Jamiyat
👁 569
2018-YILDA AMALGA OShIRILGAN IShLAR SARHISOBI: Aholi bandligi
2018-yilda yangi ish oʻrinlarini tashkil etish va aholi bandligini taʼminlash Dasturi boʻyicha 1240 ta yangi ish oʻrinlarini yaratish rejalashtirilgan edi. Yilning 12 oyi davomida 1247 ta yangi ish oʻrinlari yaratildi. Bu ish oʻrinlariga joylashganlarning 410 nafari ayollar, 552 nafari yoshlardir.
Bandlikka koʻmaklashish markaziga yil davomida 3551 nafar fuqaro ish soʻrab murojaat qilgan. Faol ish qidiruvchilarning 1411 nafari, yaʼni 48,9 foizi markaz tomonidan ishga joylashtirildi, 2117 nafari jamoat ishlariga jalb etildi.
Joriy yil davomida 11-marta boʻsh ish oʻrinlari yarmarkalari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida 244 nafar, shundan 73 nafar ayollar, 103 nafar yoshlarga ishga joylashish uchun yoʻllanmalar berildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶