XOTIRALARGA MUHRLANGAN TADBIR
Shu yilning 14-yanvarida tumanimizdagi 79-sonli umumtaʼlim maktabida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va Oʻzbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 27 yilligi munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Tadbirni maktab direktori A. Qurbonboyev tabrik soʻzi bilan ochib berdi. Davlatimiz madhiyasi yangradi. Oʻquvchilar odatdagidan oʻzgacha bir koʻtarinki kayfiyatda, qoʻllari koʻksida , madhiyamizga joʻrovoz boʻlishmoqda.
Tadbirda ushbu hududda joylashgan harbiy qismda muddatli harbiy xizmat burchini ado etayotgan oddiy askarlar fargʻonalik Bekmurod Mamajonov, surxondaryolik Akmal Ahmedov, Javohir Ismoilov, namanganlik Javohir Gʻaniyev, buxorolik Abdunazar Mehmonov,samarqandlik Aʼzamjon Boʻtayevlar tashrif buyurib, milliy armiyamizning jangovar qudrati, ming-minglab vatanparvar oʻgʻlonlar yurtimiz sarhadlarini qoʻriqlab , xalqimiz osoyishtaligini saqlab turganligi, harbiy xizmat burchini ado etish har bir yigitning sharafli burchi ekanligi haqida batafsil gapirib berdilar va oʻquvchilar koʻnglida armiyamizga hurmat – havas hissini uygʻotdilar.
Tadbirda oʻquvchilar tomonidan tayyorlangan maxsus bayram dasturi namoyish etildi va askarlarga bayram sovgʻalari topshirildi. Bu siyosiy- maʼrifiy tadbir oʻquvchilar qalbida unutilmas xotira boʻlib qoldi.
Xushroʻy EShChONOVA, shu maktab oʻqituvchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶