JINOYaT KENG JAMOATChILIK IShTIROKIDA MUHOKAMA QILINDI.
Jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish va qarshi kurashishda hamjihatlikda ish olib borish muhim oʻrin tutadi. Shuningdek, sodir etilgan jinoyatlarni mahallada keng jamoatchilik ishtirokida muhokama qilish katta taʼsir va profilaktik ahamiyatga ega hisoblanadi. Zero, jinoyatchilikka qarshi kurashishda faqat huquq-tartibot organlarigina emas, balki keng jamoatchilik ham ishtirok etsa, samarali natijaga erishish mumkin.
21-yanvar kuni Mangʻit iqtisodiyot kollejida ham tumanda jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish boʻyicha keng jamoatchilik ishtirokida yigʻilish oʻtkazildi. Yigʻilishda tuman prokurori J.Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari U.Xudoyberganov, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, faollari ishtirok etdilar hamda jinoyat va huquqbuzarliklar, ularning kelib chiqish sabablari, bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar muhokama etildi. Shuningdek, yaqinda tumandagi mahallalardan birida transport vositasini olib qochish jinoyati sodir etilganligi, uni sodir etgan shaxs oʻsha paytda mast boʻlganligi hamda hech qanday ijtimoiy mehnat bilan shugʻullanmasligi, faqat mavsumiy qurilish ishlarida ishlashi, oilasi bilan ijara uyda yashab kelayotganligi toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berilib, qonunga muvofiq unga chora koʻrilishi, mahallalarda shu kabi va boshqa jinoyatchiliklar sodir boʻlishining oldini olish boʻyicha zarur choralar koʻrilishi lozimligi, aholiga salbiy oqibatlar haqida keng tushuntirish kerakligi taʼkidlandi.
Tuman prokurori J.Muftullayev, tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻining birinchi oʻrinbosari U.Xudoyberganov hamda fuqarolar yigʻinlari raislari, mahallalar faollari jinoyatning kelib chiqish sabablarini keng tahlil qilib, bu boʻyicha oʻz fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilish yakunida bildirilgan takliflar asosida har qanday jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish uchun zarur chora koʻrish boʻyicha tegishli qaror qabul qilindi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶