XALQ DEPUTATLAPI AMUDAPYo TUMAN KENGAShINING 60-SESSIYaSI TOʻGʻPISIDA AXBOPOT

2019-yil 22-yanvar kuni tuman hokimligi majlis-lar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 60-sessiyasi boʻlib oʻtdi.
Sessiya ishida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, hokimlik masʼul xodimlari, huquq-tartibot organlari, boʻlimlar va boshqa korxona-tashkilotlar rahbarlari, fuqarolar yigʻinlari raislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiyada dastlab xalq deputatlari tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2019-yilga moʻljallangan ish rejalari muhokama qilinib, deputatlar tomonidan tasdiqlandi.
Kun tartibidagi ikkinchi masala – xalq deputatlari tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalarining 2018-yilgi faoliyati natijalari toʻgʻrisida Peglament va deputatlik odobi masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi raisi X.Pajabova axborot berdi. Sessiya ishtirokchilariga oʻtgan yil davomida xalq deputatlari tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalari tomonidan amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Maʼlumki, qonunchilikka kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq sud raislarining har yilgi axboroti mahalliy kengashlarning sessiyalarida eshitilishi belgilab qoʻyilgan. Shunga muvofiq sessiyada sud raislarining axborotlari eshitildi.
Tuman Fuqarolik ishlari boʻyicha sudi raisi Ye.Uteniyazov, tuman Iqtisodiy sudi raisi Oʻ.Sabirov va tuman Maʼmuriy sudi raisi M.Karimbayevalar 2018-yil davomida fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud orqali himoya qilishga doir faoliyati boʻyicha axborot berdilar.
Sessiyada 2018-yil davomida jinoyatchilik va qonuniylikning ahvoli hamda bu borada tuman prokuraturasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tuman prokurori oʻrinbosari N.Sobirov, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi vazifasini vaqtincha bajaruvchi U.Xudoybergenovlar hisobot berdi.
Hisobotlarda qonuniylikni taʼminlash, tuman hududida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish boʻyicha 2018-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda tumanni jinoyatdan holi hududga aylantirish borasida 2019-yilda qilinishi lozim boʻlgan ustuvor masalalar haqida toʻxtalib oʻtildi.
Kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman darajasidagi davlat idoralari va tashkilotlarining norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyoti holati boʻyicha tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyusupov axborot berdi. Axborotda boʻlim tomonidan 2018-yil davomida norma ijodkorligi, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda vakolat doirasiga kiruvchi boshqa masalalar boʻyicha amalga oshirilgan ishlar xususida batafsil maʼlumotlar berildi.
Sessiyada shuningdek, “Fermer xoʻjaliklari va boshqa qishloq xoʻjaligi korxonalariga faoliyat yuritish uchun berilgan yer uchastkalari maydonlarini maqbullashtirish boʻyicha tuman ishchi guruhining xulosasi haqida”gi masalasi ham koʻrib chiqildi. Mazkur masala yuzasidan tuman qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi I.Matkarimov soʻzga chiqdi va axborot berdi.
Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar boʻyicha tegishli qarorlar qabul qilindi va shuning bilan sessiya oʻz ishini yakunladi.
Tuman hokimligining axborot xizmati.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶